So’nggi yangiliklar

19:02Тренд: Ўзбек ММА юлдузлари 80-йилларда қандай кўринишда бўлишарди? (ФОТО) 0 18:22Саншеш Испания клуби билан келишувга эришмоқда 0 17:46Магнус Карлсен Жавоҳир Синдаровнинг Гукешга қарши ўйини учун тахминини айтди 0 17:12Конор Бенн Райан Гарсияга қарши жанг олдидан тарозидан ўтгач, 8 соат ичида деярли 15 кг вазн йиғди 0 16:43Осиё ва Пара Осиё ўйинларига кузатиш маросимидан ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 16:01Ван Дейк Саудия Арабистонига йўл олиши мумкин 0 15:29"Битта жанг ва отанг озод". Конор UFC'дан кейин қаерга кетишини айтди 0 14:45Богдан Гусков: "Анкалаев — энг кучли ярим оғир вазнли жангчи, аммо..." 0 14:14Осиё ўйинлари-2026. Ўзбекистон байроқдорлари ким бўлиши аниқ 0 13:48Расман. "Арсенал" 17 ёшли грузиялик футболчи билан шартнома имзолади 0 13:07Пётр Ян Мераб Двалишвилига суғурта қилдириб қўйишни маслаҳат берди 0 12:36Усик фаолиятидаги энг қийин рақибни айтди. Бу на Фьюри ва на Верховен 0 12:15Бугун Hungary Grand Slam 2026 турнирида Муроджон ва Элбекка мухлислик қиламиз 0 11:44Мбаппе: "Месси каби 39 ёшимда ўйнашимни кўра оламанми? 100 ёшгача ўйнашга тайёрман!" 0 11:13Райан Гарсия ва Конор Бенн вазн ўлчаш маросимида ҳозир бўлди 0

18 jan 17:12
Yangiliklar

Qilichbozlik

Qilichbozlik. 2017 yil qanday o'tdi?

Teglar :  Qilichbozlik
2017 yilda O'zbekiston qilichbozlik sportini rivojlantirish yo'lida ko'plab ishlar amalga oshirildi.

Jumladan, terma jamoa azolari Vetnam, Tayland, SHveycariya, Latviya, Italiya, Rossiya, Slovakiya, Germaniya, Vengriya, Qatar, Greciya, Yaponiya, Qozog'iston, Xitoy, Polsha, Bolgariya, Ispaniya va boshqa ko'plab xorijiy davlatlarda o'tkazilayotgan nufuzli xalqaro o'quv-mashg'ulot yig'inlari, Jaxon chempionati, turnir va kuboklarda ishtirok etdi.

Yil davomida SHpaga yo'nalishi 24 ta, Rapira 19 ta va Sablya yo'nalishi esa 12 ta musobaqalarda jami sportchilarimiz 55 ta musobaqalarda ishtirok etdi. SHuningdek avvalgi yillarga nisbatan 2017 yilda sportchilarni xorijdagi musobaqalarda ishtirok etish ortganligi aniqlandi.

SHu bilan birga, bir yil mobaynida 11 ta Respublika musobaqalari, chempionat va turnirlari o'tkazildi. Ushbu musobaqalarda Qozog'iston va Qirg'iziston Respublikasi sportchilari faol ishtirok etdi.

Andijon viloyatida qilichbozlik bo'yicha o'tkazilgan “Oltin vodiy” nomli O'zbekiston Respublikasi ochiq turniri g'oliblari Andijon viloyati hokimiyati tomonidan qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlandi. 

Bundan tashqari,  qilichbozlikni ommaviylashtirish bo'yicha chora-tadbirlar rejasi asosida, doimiy ravishda barcha respublika musobaqalari ommaviy axborot vositalari, gazeta va jurnallarda keng yoritib borildi.

Qilichbozlik sportining kengayib, sportchilar soni tobora ortib borayotgani munosabati bilan, hamda sportchilarga kerakli shart-sharoitlar yaratib berish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo'mitasi bilan hamkorlikda Toshkent shahridagi “Umid” Tennis akademiyasining sport zali qilichbozlik federaciyasiga ajratilib, hozirgi kunda ushbu zalda shpaga yo'nalishi bo'yicha mashg'ulotlar olib borilmoqda. 

SHu bilan birga  Qoraqalpog'iston Respublikasining Nukus shahrida “Aydinjol” nomli yangi sport kompleksi qurib bitirilib, federaciya bo'limiga foydalanish uchun topshirildi hamda Xorazm va Namangan viloyatilarining Qilichbozlik federaciyasi bo'limiga Olimpiya zaxiralari kollejining maxsus sport zallari ajratilib berildi.

Federaciyaga taqdim etilgan sport zallari va viloyat bo'limlaridagi  zallar xalqaro talabga javob beradigan kerakli zamonaviy sport jihozlari bilan taminlandi. Respublikadagi olimpiya zahiralari kollejlarida qilichbozlik bo'limlari ochildi.

Joriy yilda federaciyaning navbatdan tashqari konferenciyasi o'tkazilib, ushbu konferenciyada Federaciyaga  rais R.SHaabduraxmanov, rais o'rinbosari M.Mirjalilov va bosh kotib X.Ibragimovlar saylandi. 

Konfereciyada federaciyada ish ko'lami ortganligi va federaciya faoliyatini rivojlantirish maqsadida strukturasiga o'zgartirishlar kiritildi, hamda quyidagi “Murabbiylar kengashi”, “Qilichbozlik bo'yicha O'zbekiston terma jamoasiga saralab olish shartlari to'g'risida” va “Murabbiylar tarkibini moddiy rag'batlantirish va to'lovlar tartibi to'g'risida”gi nizomlar tayyorlandi, federaciyaning yangi taxriridagi ustavi ishlab chiqildi.

O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi va Olimpiya birdamligi fondi ko'magida  O'zbekiston qilichbozlik sportini rivojlantirish va murabbiylar malakasini oshirish maqsadida murabbiylar seminari o'tkazildi. Ushbu seminarni o'tkazish maqsadida qilichbozlik sporti bo'yicha xorijiy mutaxassislar Igor CHikinyov (SHveciya) va Aleksandr Mashin (Rossiya) taklif qilindi. Seminarda respublikadan qilichbozlik bo'yicha 44 ta murabbiylar ishtirok etdi. 10 kun davom etgan seminar yakunida murabbiylar sertifikat bilan taqdirlandi.  

SHuningdek, shu yili Qoraqalpog'istonlik hamyurtimiz sportchi Dayibekova Zaynab “Sablya 2017 Osiyo kadetlar cikli” musobaqasida ishtirok etib O'zbekiston bayrog'ini yuksak pog'onalarga ko'tarib “Bronza medali” sohibasiga aylandi hamda O'zbekiston Respublikasi prezidentining maxsus sovrini “Nexia 3” aftomashinasi bilan taqdirlandi. 

O'zbekiston qilichbozlik federaciyasi terma jamoa azolari sportchilar uchun eng yaxshi sport formasi va federaciyaning logotip dizaynlarini ishlab chiqish bo'yicha tanlovlar elon qilindi.

Hozirgi kunda Milliy terma jamoa azolari 2018 yilda Buenos-Ayresda o'tkaziladigan kadetlarning Olimpiya o'yinlariga va 2020 yilda Yaponiyaning Tokio shahrida o'tkaziladigan “Yozgi Olimpiya o'yinlari”ga puxta tayyorgarlik ko'rishmoqda.

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing