13 mar 19:10
Yangiliklar
Qilichbozlik. Andijon turnirining birinchi kunida sovrindorlar malum bo'ldi
Xabar berib o'tganimizdek, bugun musobaqa ishtirokchilari shpaga bahslarida o'z omadlarini sinab ko'rdilar.
Takidlab o'tish lozimki, bugungi musobaqalarda erkaklar o'rtasida 74 nafar, qizlar o'rtasida esa 34 nafar sportchi ishtirok etdi.
Birinchi kungi jang yakunlariga ko'ra sovrindor sportchilar ro'yxati quyidagicha ko'rinish oldi:
SHpaga, Erkaklar
1 - o'rin: Abdulbosit Naserdinov (Andijon)
2 - o'rin: Said Jeenbaev (Andijon)
3 - o'rinlar: Javohir Nurmatov (Andijon), Jo'rabek Jalilov (Toshkent)
SHpaga, Qizlar
1 - o'rin: Veronika Rojkova (Toshkent)
2 - o'rin: Malika Hakimova (Toshkent)
3 - o'rinlar: Sevara Suyundiqova (Toshkent), Nigora Sodiqova (Toshkent).
Ertaga jamoaviy bahslar bo'lib o'tishi rejalashtirilgan.
Fikrlar