22 apr 15:41
Yangiliklar
Qilichbozlik
Qilichbozlik bo'yicha "Olimpiya umidlari" turniri boshlandi
Bugundan boshlab poytaxtimizda 2001 va undan keyin tug'ilgan sportchilar o'rtasida "Olimpiya umidlari" turniri bo'lib o'tadi.
Musobaqaning dastlabki kunida qizlar va yigitlar o'rtasida sablya bahslari bo'lib o'tdi.
Unda sovrindorlar ro'yxati quyidagicha ko'rinish oldi:
Sablya, erkaklar:
1-o'rin: Dushanboev Jaloliddin (Toshkent viloyati)
2-o'rin: Rasulov Bobir (Toshkent)
3-o'rinlar: Galiev Alisher (Toshkent), Bo'riev Otabek (Toshkent)
Turnirda jami 39 nafar sportchi ishtirok etdi.
Sablya, qizlar:
1-o'rin: Ismoilova Sevinch (Toshkent)
2-o'rin: Dayibekova Zaynab (Qoraqalpog'iston)
3-o'rinlar: Tog'aymurodova SHaxnoza (Toshkent), Esemuratova Gulbanu (Qoraqalpog'iston)
Qizlar o'rtasidagi bahslarda 27 nafar sportchi o'z omadini sinab ko'rdi.
Bosh hakam Nosirov SHerali, bosh kotib Turtbaev Temir
Havola :
Manba : fencing.uz
Fikrlar