20 iyu 15:08
Yangiliklar
Qilichbozlik

Qilichbozlik bo'yicha Osiyo chempionatida navbatdagi medalga ega chiqdik
Indoneziyaning Bali shahrida o'tkazilayotgan qilichbozlik bo'yicha Osiyo chempionatida O'zbekiston terma jamoasi g'aznasi yana bir medalga boyidi.
Bu gal sablyachi yigitlarimiz jamoaviy dasturda shohsupaga ko'tarildilar.
Dastlabki bosqichda Makaoni 45:15 mag'lub etgan hamyurtlarimiz chorak finalda Xitoydan 45:43 hisobida ustun kelishdi. Biroq murosasiz kechgan yarim final jangida Yaponiyaga 44:45 hisobida imkoniyat boy berildi. Uchinchi o'rin uchun kechgan bellashuvda esa Gonkong 45:39 hisobida mag'lub etildi.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar