14 okt 07:01
Yangiliklar
Qilichbozlik
Qilichbozlik bo'yicha “Umid” Respublika turniri start oldi
Karantin talablari yumshatilgach qilichbozlik bo'yicha ham dastlabki musobaqalar boshlab yuborildi.
Poytaxtimizda “Umid” nomi ostida Respublika turniri boshlandi.
Reglamentga ko'ra, dastlabki kun bahslarida shpaga ustalari bahs olib borishsa, ertaga rapira va turnirning so'nggi kunida sablyachilar kuch sinashadilar. Takidlash joiz, ushbu turnir faqat shaxsiy birinchilikda o'tkazilmoqda. Terma jamoamiz murabbiylar shtabi bu orqali karantindan keyin sportchilarning jismoniy holatlarini yana bir bor ko'zdan kechirib olish imkoniyatiga ega bo'lishadi.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar