02 mar 10:08
Yangiliklar
Qilichbozlik

Qilichbozlik bo'yicha yoshlar terma jamoamiz Osiyo chempionatini yakunladi
Kuvaytda qilichbozlik bo'yicha yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionati o'z yakuniga etdi.
Musobaqaning so'nggi kunida kechgan jamoaviy bahslarda shpaga va sablya yo'nalishlarida qizlarimiz oltin medallarga sazovor bo'lishdi.
SHpagachilarimiz Aziza Hamidova, Dilnaz Murzataeva, Sanam Nazarova hamda Bibimaryam Saparova musobaqa davomida Iordaniya, Singapur, Xitoy Taipeyi va finalda Yaponiyani mag'lubiyatga uchratishdi. Sablyachilarimiz Gulistan Perdebaeva, Fernanda Errera, Samira SHokirova hamda Ayako'z Jumamuratovadan iborat kvartetimiz esa Singapur, Koreya Respublikasi va Gonkongdan ustun keldi.
SHu tariqa, musobaqada 5 ta oltin va 1 ta bronza medallarini jamg'argan yoshlarimiz umumjamoa hisobida birinchi o'rinni egallashdi.
Havola :
Manba : Olympic.uz
Fikrlar