So’nggi yangiliklar

10:52Роналду катта орзуларидан бирига эришиши мумкин 0 10:3145 ёшли Винус Уильямс кетма-кет 10-мағлубиятини қабул қилиб олди 0 10:10Артур Бетербиев P4P рейтингидан чиқарилди 0 09:49Жалоловнинг издоши World Boxing Кубогидаги юришимизни бошлаб берди 0 09:28"Эспаньол" собиқ футболчисига 9 йиллик қамоқ жазоси берилиши мумкин 0 09:07Анкалаев жамоасида икки рақиб ҳақида айтилди 0 08:46ООК ва Ўзбекистон МОҚ раҳбарияти соҳил гандболи баҳсларини томоша қилди 0 08:25Илия Топурия Конор Макгрегор билан жанг шартини айтди 0 08:04Слот келаси мавсум ҳам "Ливерпуль"ни бошқариши мумкин экан 0 07:43Майамида АҚШ ва Ўзбекистон шахмат баҳси ўтказилади 0 07:222026 Oeiras Ladies Open. Кудерметовадан чиройли камбэк! 0 07:01Топурия Царукян ҳақида: "У менинг даражамда эмас ва шунчаки аҳмоқ" 0 19:02"Манчестер Юнайтед" "Реал" юлдузини сотиб олмоқчи 0 18:33RIZIN чемпиони Mangu 2 турнири меҳмони бўлади (ПОСТЕР) 0 18:09Отабек Умаров ва Ойбек Касимов Осиё Олимпия кенгаши Ижроия қўмитасининг 109-йиғилишида иштирок этди 0

10 avg 19:57
Yangiliklar

Qilichbozlik

Qilichbozlik. Iordaniyadagi musobaqada to'rtta medaldan uchtasi O'zbekistonda!

Teglar :  Qilichbozlik
Iordaniyaning Amman shahrida qilichbozlik bo'yicha Osiyo kadet cikli doirasidagi navbatdagi musobaqa bo'lib o'tdi.

Bu safargi musobaqada qitamizning to'rtta mamlakatidan 24 nafar sportchi ishtirok etdi. Unda o'zbekistonlik yosh qilichbozlar ham sovrinli o'rinlar uchun kurash olib borishdi.

Quvonarlisi, sablya bo'yicha bellashuvlarda ishtirok etgan to'rt nafar sportchimizning uch nafari sovrindorlar qatoridan joy oldi.

CHorak final doirasida kechgan bahslarda SHerzod Mamutov BAA vakilini, Jaloliddin Dushamboev quvaytlik raqibini, Bobur Rasulov iordaniyalik sportchini mag'lubiyatga uchratishdi. Yarim finaldagi "o'zbek derbisi"da Jaloliddin Dushamboev SHerzod Mamutovni mag'lubiyatga uchratib finalga yo'l oldi. Bobur Rasulov esa quvaytlik Muhammad Alfadhliga imkoniyatni boy berdi. Oltin medal uchun kechgan bahsda Quvayt terma jamoasi azosi Muhammad Alfadhli Jaloliddin Dushamboevni mag'lubiyatga uchratdi.

SHu tariqa, Iordaniyadagi Osiyo kadet cikli musobaqasida Jaloliddin Dushamboev kumush, SHerzod Mamutov va Bobur Rasulovlar bronza medalini qo'lga kiritdilar.

Eslatib o'tamiz, iyul oyida Xitoyning Usi shahrida o'tkazilgan Osiyo kadet cikli bahslarida sportchilarimiz Pazil Genjabaev oltin, SHerzod Mamutov esa kumush medalga sazovor bo'lgandi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing