13 fev 16:26
Yangiliklar
Qilichbozlik. Jahon kubogini 10-o'rinda yakunlagan qizlarimizning ishtirokidan FOTOGALEREYA
Poytaxtimizda qilichbozlikning sablya yo'nalishi bo'yicha ayollar o'rtasidagi Jahon kubogining galdagi bosqichi yakunlandi. Unda O'zbekiston terma jamoasi 10-pog'onani egalladi.
Terma jamoamiz avvalo Greciya terma jamoasini mag'lubiyatga uchratishdi. Keyingi bosqichda esa Vengriya vakilalariga imkoniyat boy berildi. 9-o'rin uchun kechgan kurash yo'lida qizlarimiz dastlab Yaponiya, so'ng Ruminiya termasini mag'lubiyatga uchratishdi. Afsuski, yakuniy pallada ispaniyalik raqibalariga 26:45 hisobida imkoniyatni boy berishdi.
Musobaqada oltin medallar Bolgariya termasiga nasib etdi. Finalda ular ozarbayjonlik qilichbozlardan 45:40 hisobida ustun kelishdi. Bronza medallari esa koreyalik sablyachilarga nasib etdi.
Fikrlar