So’nggi yangiliklar

23:47Иккала боксчимиз ҳам IV Ёшлар Олимпиадаси финалида! Қозоғистонлик рақиб мағлуб этилди 0 20:11Бразилияда онлайн-ставкалар тақиқланди. Мамлакат футболи 2027 йилда қанча пул йўқотишини ҳисоблаб чиқишди 0 19:40IBF рейтинги. Ўзбек боксчиларининг ўрни қандай? 0 19:09Гандболчиларимиз Покистондаги мусобақада муваффақият қозонишди 0 18:38Хамзат Чимаев: "Уч ойдан бери кутаман - UFC’да мени нима кутаётганини билмайман" 0 18:07"Ливерпуль" сардори келажаги ҳақида гапирди: "Акс ҳолда бошқа жойга кетаман" 0 17:36Айтжан Халмаханов: "Асосий мақсадим — Олимпиада чемпиони бўлиш!" 0 17:05Путиннинг махсус вакили UFC турнирларини Россияга қайтариш устида иш олиб борилаётганини айтди 0 16:34Маурисио Сулаймон: "WBC қоидалари Мейвезерга чемпионлик учун курашишга рухсат беради" 0 16:03МЮ Кэррикни бўшатмоқчи эмас. Клуб раҳбарияти мураббийлар штабини кучайтириш устида бош қотирмоқда 0 15:42Мадримовнинг вазнида бирлаштирувчи чемпионлик жанги ўтказилади 0 15:11WBO рейтинги. Баҳодир Жалолов кучли тўртликка кириб олди 0 14:40Пётр Ян дунёнинг энг яхши боксчисини айтди 0 14:09Ўзбекистон терма жамоаси собиқ мураббийи: "Россия оптимал таркибда майдонга туша олмайди. Бу ўйинда Ўзбекистон фаворит" 0 13:38Шахматчиларимиз Осиё Миллатлар кубогини ғалаба билан бошлашди. Бугун Ҳиндистонга қарши ўйнаймиз! 0

23 jan 18:07
Yangiliklar

Qilichbozlik

Qilichbozlik. Kadetlar o'rtasida O'zbekiston chempionati yakunlari: statistika va qiziqarli faktlar

Teglar :  Qilichbozlik
15-20 yanvar kunlari “Paxtakor” ixtisoslashtirilgan qilichbozlik majmuasida kadetlar o'rtasida O'zbekiston CHempionati bo'lib o'tdi.

Turnirda 2002-yil va undan keyin tug'ilgan sportchilar qatnashishdi.

Mazkur musobaqada O'zbekistonning 11 viloyati va Qoraqalpog'iston Respublikasi vakillari ishtirok etdi. Ananaga ko'ra musobaqa 3 turda bo'lib o'tdi (shpaga, rapira va sablya). Bahslar yakkalik va jamoaviy shaklda o'tkazildi. O'zbekiston chempionati xozirgi FIE qoidalariga binoan o'tkazildi. Turnir davomida 12 ta medallar to'plami o'z egalariga topshirildi.

Musobaqaning tantanali ochilish marosimidan so'ng shpaga yo'nalishi bo'yicha sportchilar o'z chiqishlarini boshladilar. Yakka baxslar yakuniga qarab, Toshkent, Andijon va Buxorolik sportchilar yuqori natijalarga erishganlarini ko'rishimiz mumkin. Bu viloyatlar vakillari jamoaviy baxslarda ham yaxshi natija ko'rsatishdi, ammo qizlar o'rtasida jamoaviy oltin medallarga Navoiy viloyati vakillari ega chiqishdi.

So'ng rapirachilar o'z bahslarini boshlashdi. Sovrinli o'rinlarni Andijon, Samarqand, Qashqadaryo viloyatlari va Toshkent shahri vakillari egallashdi. Jamoaviy baxslarda esa, Andijon, Qashqadaryo va Toshkent shahri sportchilari barcha sovrinlarni egallashdi.



Musobaqa sablya bo'yicha baxslar bilan o'z yakuniga etdi. Barcha sovrinlar Qoraqalpog'iston Respublikasi, Toshkent viloyati va Toshkent shahri vakillari tomonidan egallandi. Jamoaviy bahslarda yuqorida keltirilgan viloyatlardan tashqari Jizzax viloyatidan kelgan sportchilar bronza medallariga ega bo'lishdi.

Umumjamoaviy xisobda 14 ta medal bilan 1-o'rinni Andijon viloyati egalladi. 2-o'rinni 11 ta medal bilan Toshkent shahri egalladi. Kuchli uchlikni Qoraqalpog'iston Respublikasi yopadi.

To'liq jadval quyidagi ko'rinishda:



Musobaqa davomida murabbiylar shtabi iqtidorli sportchilarni O'zbekiston Milliy terma jamoasiga jalb qilish maqsadida kuzatib borishdi.



Bu qiziq:


-Ishtirokchilarning umumiy soni – 289 kishi.

-Musobaqaning eng yosh sportchisi 2007-yilda tug'ilgan.

-O'zbekiston CHempionatlari tarixida ilk bor Jizzax viloyati vakillari medallarni qo'lga kiritishdi.


Ishtirokchilar qanday fikrda?

Dayibekova Zaynab (Kadetlar o'rtasida O'zbekiston chempioni, Qoraqalpog'iston Respublikasi)

- CHempionat yuqori saviyada o'tkazildi. Musobaqa davomida jamoadoshlarim va men murabbiylarimizni ishonchlarini oqlash uchun astoydil harakat qildik. Men qizlar o'rtasida ham yakka, ham jamoaviy baxslarda 1-o'rinni egalladim. Barchasi men reja qilganimdek bo'ldi. Yakka baxslarda o'zimning jamoadoshlarimga qarshi chiqish juda qiyin bo'ldi. Bundan tashqari, Toshkent shahri va Toshkent viloyati vakillariga qarshi chiqish qiyin.

Dushamboev Jaloliddin (Kadetlar o'rtasida O'zbekiston chempionati kumush medali sohibi, Toshkent viloyati)

- Men jamoaviy va yakka baxslarda 2-o'rinni egalladim. Yakka baxslarda SHerzod Mamutovga yutqazganim juda ayanchli bo'ldi, chunki oramizdagi farq 1 ochko edi. Bu raqibga qarshi chiqish qiyin bo'ldi men uchun. Men bir nechta texnik xatoliklarga yo'l qo'ydim. Men o'z ustimda ishlashni davom ettiraman, va keying musobaqalarda albatta 1-o'rinni egallayman.

O'zbekiston qilichbozlik federaciyasi matbuot xizmati


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing