So’nggi yangiliklar

23:47Иккала боксчимиз ҳам IV Ёшлар Олимпиадаси финалида! Қозоғистонлик рақиб мағлуб этилди 0 20:11Бразилияда онлайн-ставкалар тақиқланди. Мамлакат футболи 2027 йилда қанча пул йўқотишини ҳисоблаб чиқишди 0 19:40IBF рейтинги. Ўзбек боксчиларининг ўрни қандай? 0 19:09Гандболчиларимиз Покистондаги мусобақада муваффақият қозонишди 0 18:38Хамзат Чимаев: "Уч ойдан бери кутаман - UFC’да мени нима кутаётганини билмайман" 0 18:07"Ливерпуль" сардори келажаги ҳақида гапирди: "Акс ҳолда бошқа жойга кетаман" 0 17:36Айтжан Халмаханов: "Асосий мақсадим — Олимпиада чемпиони бўлиш!" 0 17:05Путиннинг махсус вакили UFC турнирларини Россияга қайтариш устида иш олиб борилаётганини айтди 0 16:34Маурисио Сулаймон: "WBC қоидалари Мейвезерга чемпионлик учун курашишга рухсат беради" 0 16:03МЮ Кэррикни бўшатмоқчи эмас. Клуб раҳбарияти мураббийлар штабини кучайтириш устида бош қотирмоқда 0 15:42Мадримовнинг вазнида бирлаштирувчи чемпионлик жанги ўтказилади 0 15:11WBO рейтинги. Баҳодир Жалолов кучли тўртликка кириб олди 0 14:40Пётр Ян дунёнинг энг яхши боксчисини айтди 0 14:09Ўзбекистон терма жамоаси собиқ мураббийи: "Россия оптимал таркибда майдонга туша олмайди. Бу ўйинда Ўзбекистон фаворит" 0 13:38Шахматчиларимиз Осиё Миллатлар кубогини ғалаба билан бошлашди. Бугун Ҳиндистонга қарши ўйнаймиз! 0

13 dek 18:18
Yangiliklar

Qilichbozlik

Qilichbozlik. Murabbiylar uchun “Olimpiya birdamligi” dasturi asosida o'tkazilgan o'quv-texnik kurslar yakunlandi

Teglar :  Qilichbozlik
Xabar berib o'tganimizdek, 4 - 12 dekabr kunlari O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi O'zbekiston qilichbozlik federaciyasi bilan hamkorlikda sportning ushbu turi murabbiylari uchun o'quv-texnik seminarini o'tkazdi.

Mazkur seminar Xalqaro olimpiya qo'mitasi (XOQ)ning “Olimpiya birdamligi” dasturi asosida tashkil etildi.  

Seminarni olib borish uchun poytaxtimizga Rossiya Federaciyasi va SHveciyalik xalqaro ekspertlar Aleksandr Mashin va Igor CHikinyovlar taklif etilishgandi. Bir hafta davomida ekspertlar o'zbekistonlik yosh murabbiylar uchun nazariy va amaliy mashg'ulotlar o'tkazishdi. Seminar dasturi zamonaviy bosqichda yuqori toifadagi sportchilarni tayyorlash masalasida nazariy mashg'ulotlar bilan birgalikda, qilichbozlik sportining shpaga va sablya yo'nalishlarida texnik va taktik tayyorgarlik, shuningdek, murabbiylarning professional malakasini xalqaro talablar darajasida oshirish masalalarini ham qamrab oldi. 

Seminar davomida murabbiylar shuningdek, sportchilarni musobaqalarga ruhiy jihatdan tayyorlash nazariyasi, hujum va himoyadagi faol harakatlar, sportchini ruhlantirish kabi masalalarda yangi ko'nikmalar hosil qilib, nazariy bilim va darajalarini oshirish imkoniga ega bo'lishdi. 

Seminarning so'nggi kunida Milliy olimpiya qo'mitasida o'quv kurslarning yopilish marosimi bo'lib o'tdi va unda xalqaro ekspertlardan tahsil olgan yosh murabbiylarga Xalqaro olimpiya qo'mitasi Prezidenti Tomas Bax imzosi bilan maxsus Sertifikatlar topshirildi. 

Yopilish marosimida sertifikatlarni o'z egalariga Milliy olimpiya qo'mitasi Bosh kotibi Oybek Kasimov, O'zbekiston qilichbozlik federaciyasi raisi Rustam SHoabdurahmonov va xalqaro ekspert Aleksandr Mashinlar topshirishdi. 

Tadbir nihoyasida rossiyalik mehmonga Milliy olimpiya qo'mitasi va O'zbekiston qilichbozlik federaciyasining esdalik sovg'alari topshirildi. 

Takidlash lozimki, mazkur seminarning o'tkazilishi mamlakatimizda qilichbozlik sportining jadal suratlar bilan rivojlanishiga turtki bo'lish bilan birgalikda, orttirilgan tajriba va ko'nikmalar murabbiylarga iqtidorli sportchilarni tarbiyalash, terma jamoalarimizga munosib nomzodlarni tayyorlashda qo'l keladi. 

Malumot uchun, Milliy olimpiya qo'mitasi 1997 yildan beri sport kadrlari malakasini oshirish yo'lida shu kabi seminarlarni o'tkazib kelmoqda. Ortda qolgan davr mobaynida MOQ Xalqaro olimpiya qo'mitasi yordamida badiiy va sport gimnastikasi, qilichbozlik, basketbol, sport kurashlari, taekvondo, dzyudo, engil atletika, suzish, voleybol, ot sporti, figurali uchish, o'q otish va boshqa sport turlari mutaxassislari uchun 40 dan ziyod o'quv kurslari tashkil etdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing