So’nggi yangiliklar

19:02Тренд: Ўзбек ММА юлдузлари 80-йилларда қандай кўринишда бўлишарди? (ФОТО) 0 18:22Саншеш Испания клуби билан келишувга эришмоқда 0 17:46Магнус Карлсен Жавоҳир Синдаровнинг Гукешга қарши ўйини учун тахминини айтди 0 17:12Конор Бенн Райан Гарсияга қарши жанг олдидан тарозидан ўтгач, 8 соат ичида деярли 15 кг вазн йиғди 0 16:43Осиё ва Пара Осиё ўйинларига кузатиш маросимидан ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 16:01Ван Дейк Саудия Арабистонига йўл олиши мумкин 0 15:29"Битта жанг ва отанг озод". Конор UFC'дан кейин қаерга кетишини айтди 0 14:45Богдан Гусков: "Анкалаев — энг кучли ярим оғир вазнли жангчи, аммо..." 0 14:14Осиё ўйинлари-2026. Ўзбекистон байроқдорлари ким бўлиши аниқ 0 13:48Расман. "Арсенал" 17 ёшли грузиялик футболчи билан шартнома имзолади 0 13:07Пётр Ян Мераб Двалишвилига суғурта қилдириб қўйишни маслаҳат берди 0 12:36Усик фаолиятидаги энг қийин рақибни айтди. Бу на Фьюри ва на Верховен 0 12:15Бугун Hungary Grand Slam 2026 турнирида Муроджон ва Элбекка мухлислик қиламиз 0 11:44Мбаппе: "Месси каби 39 ёшимда ўйнашимни кўра оламанми? 100 ёшгача ўйнашга тайёрман!" 0 11:13Райан Гарсия ва Конор Бенн вазн ўлчаш маросимида ҳозир бўлди 0

26 iyu 16:55
Yangiliklar

Qilichbozlik

Qilichbozlik. "O'zbek mushketyorlari" jahon chempionatida qanday ishtirok etishmoqda? (barcha natijalar)

SHu kunlarda Italiyaning Milan shahrida qilichbozlik bo'yicha kattalar o'rtasidagi jahon chempionati o'tkazilmoqda.

Hozirga kelib, musobaqaning yakkalik bahslari o'z yakuni tomon yaqinlashmoqda. Musobaqa esa afsuski O'zbekiston terma jamoasi azolari uchun u qadar muvaffaqiyatli kechmayapti. Ishongan qilichbozimiz Zaynab Dayibekova saralash bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etgan bo'lsada, asosiy davrada u ilk bosqichdayoq imkoniyatni boy berdi. O'zbekiston sharafini himoya qiluvchi meksikalik qilichbozlarimiz Paola Pliego, Fernanda Errera ham o'zlaridan kutilgan natijani ko'rsata olishmayapti. 

Umuman olganda hozircha yakkalik bahslarida ikki yo'nalishda medal uchun nazariy jihatdan imkoniyatlarimiz bor. SHuningdek jamoaviy bahslarda 5 ta yo'nalishda ishtirok etamiz. 

Hozirga qadar qilichbozlarimiz tomonidan qayd etilgan natijalar bilan tanishing: 

SHpaga, ayollar

Tarkibimiz: Malika Hakimova, Sevara Rahimova, SHahzoda Egamberdieva, Dilnaz Murtazoeva

To'rt nafar hamyurtimizning barchasi saralash bosqichidan muvaffaqiyatli o'tdi. 

Malika Hakimova 

1-bosqich: Katrina Smit Teylor (Britaniya) (15:13) - g'alaba

2-bosqich: Leonora Makkinnon (Kanada) (8:15) - mag'lubiyat


Sevara Rahimova

1-bosqich: Frania Texeda (Meksika) (14:15) - mag'lubiyat


SHahzoda Egamberdieva

1-bosqich: Evelin Xalls (Avstraliya) (15:11) - g'alaba

2-bosqich: Viktoriya Vizeu (Braziliya) (15:13) - g'alaba

3-bosqich: Mara Navarria (Italiya) (6:15) - mag'lubiyat

Mara Navarria yakunda bronza medalini qo'lga kiritdi.



Dilnaz Murtazaeva

1-bosqich: Marie-Frederi Millette (15:8) - g'alaba

2-bosqich: Erika Kirpu (Estoniya) (10:15) - mag'lubiyat





Sablya, erkaklar 

Tarkibimiz: SHerzod Mamutov, Zuhriddin Qodirov, Islombek Abdazov, Musa Aymuratov.

To'rt nafar hamyurtimizning barchasi saralashda muvaffaqiyatga erishib, asosiy davraga yo'l oldi. 


SHerzod Mamutov

1-bosqich: Furkan Yaman (Turkiya) (15:13) - g'alaba

2-bosqich: Rikardo Nussio (Italiya) (4:15) - mag'lubiyat


Zuhriddin Qodirov

1-bosqich: avtomatik tarzda o'tdi

2-bosqich: Bruno Pekelman (Braziliya) (15:11) - g'alaba

3-bosqich: Kento Yoshida (Yaponiya) (7:15) - mag'lubiyat


Islombek Abdazov

1-bosqich: CHung Xei CHov (Gonkong) (13:15) - mag'lubiyat


Musa Aymuratov

1-bosqich: avtomatik tarzda o'tdi

2-bosqich: Xo Tin Lou (Gonkong) (15:9) - g'alaba

3-bosqich: Andriy Yagodka (Ukraina) (15:12) - g'alaba

4-bosqich: Aron Szilagi (Vengriya) (4:15) - mag'lubiyat




Rapira, ayollar: 

Ushbu yo'nalishda faqat Umida Ilyosova qatnashdi va u saralashdan muvaffaqiyatli o'tdi. 

1-bosqich: avtomatik tarzda o'tdi

2-bosqich: Fatima Anbarlilar (Turkiya) (15:7) - g'alaba

3-bosqich: Yuliya Valchik (Polsha) 4:15 - mag'lubiyat


SHpaga, erkaklar: 

Tarkibimiz: Fayzulla Alimov, Javohir Nurmatov, Nodirbek Mo'minov, Meyrxan Timurov.

Fayzulla Alimov, Javohir Nurmatov va Nodirbek Mo'minov saralash bosqichidan muvaffaqiyatli o'tdi. 


Fayzulla Alimov

1-bosqich: avtomatik tarzda o'tdi

2-bosqich: Erik Sertay (Qozog'iston) (11:15) - mag'lubiyat


Javohirbek Nurmatov

1-bosqich: avtomatik tarzda o'tdi

2-bosqich: Iyad Ode (Iordaniya) (15:10) - g'alaba

3-bosqich: Xuan Kastilo (Kolumbiya) (14:12) - g'alaba

4-bosqich: Jiri Beran (CHexiya) (8:15) - mag'lubiyat


Nodirbek Mo'minov

1-bosqich: avtomatik tarzda o'tdi

2-bosqich: Filipe Frazao (Portugaliya) (14:13) - g'alaba

3-bosqich: Uilyam Ist (Britaniya) (12:15) - mag'lubiyat




Sablya ayollar

Tarkibimiz: Zaynab Dayibekova, Gulistan Perdibaeva, Paola Pliego, Fernanda Errera

Qizlarimizning to'rt nafari ham saralash bosqichidan muvaffaqiyatli o'tib, asosiy bahslarga yo'l olishdi. 

Fernanda Errera 

1-bosqich: avtomatik tarzda o'tdi

2-bosqich: Seri Ozaki (Yaponiya) (10:15) - mag'lubiyat

Zaynab Dayibekova

1-bosqich: avtomatik tarzda o'tdi

2-bosqich: Min Xeng (Singapur) (13:15) - mag'lubiyat



Paola Pliego

1-bosqich: avtomatik tarzda o'tdi

2-bosqich: Luka Szuch (Vengriya) (4:15) - mag'lubiyat


Gulistan Perdibaeva

1-bosqich: Madison Turgud (Kanada) (15:10) - g'alaba

2-bosqich: Felise Erbon (Germaniya) (15:6)

3-bosqich: Misaki Emura (Yaponiya) - 27 iyul kuni (1/16 final bosqichda) bahs yuritadi



Rapira, erkaklar: 

Tarkibimiz: Muhammad Yusuf Asranov, Ahmadilloxon Solixojiev, Ilyas Molina, Doniyor Sadullaev.

Muhammad Yusuf Asranov, Ahmadilloxon Solixojiev va Doniyor Sadullaev saralashdan muvaffaqiyatli o'tdi. 

Muhammad Yusuf Asranov

1-bosqich: avtomatik tarzda o'tdi

2-bosqich: Kvang Xyung Li (Janubiya Koreya) (10:15) - mag'lubiyat


Doniyor Sadullaev 

1-bosqich: Faris Abu Tavq (Iordaniya) (15:6) - g'alaba

2-bosqich: Sezar Aguirre (Venesuela) (15:10) - g'alaba

3-bosqich: Tae Gyu Xa (Janubiy Koreya) - 27 iyul kuni (1/16 final bosqichda) bahs yuritadi


Ahmadillo Solixojiev 

1-bosqich: Abdalla Halifa (Qatar) (10:15) - mag'lubiyat

Ertaga, 27 iyul kuni musobaqada jamoaviy bellashuvlar boshlanadi. Unda O'zbekiston terma jamoasi erkaklar o'rtasida rapira, shpaga va sablya yo'nalishida, ayollar o'rtasida esa shpaga va sablya yo'nalishida bahslarda ishtirok etadi. 

Aziz To'xtamurodov tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing