So’nggi yangiliklar

23:47Иккала боксчимиз ҳам IV Ёшлар Олимпиадаси финалида! Қозоғистонлик рақиб мағлуб этилди 0 20:11Бразилияда онлайн-ставкалар тақиқланди. Мамлакат футболи 2027 йилда қанча пул йўқотишини ҳисоблаб чиқишди 0 19:40IBF рейтинги. Ўзбек боксчиларининг ўрни қандай? 0 19:09Гандболчиларимиз Покистондаги мусобақада муваффақият қозонишди 0 18:38Хамзат Чимаев: "Уч ойдан бери кутаман - UFC’да мени нима кутаётганини билмайман" 0 18:07"Ливерпуль" сардори келажаги ҳақида гапирди: "Акс ҳолда бошқа жойга кетаман" 0 17:36Айтжан Халмаханов: "Асосий мақсадим — Олимпиада чемпиони бўлиш!" 0 17:05Путиннинг махсус вакили UFC турнирларини Россияга қайтариш устида иш олиб борилаётганини айтди 0 16:34Маурисио Сулаймон: "WBC қоидалари Мейвезерга чемпионлик учун курашишга рухсат беради" 0 16:03МЮ Кэррикни бўшатмоқчи эмас. Клуб раҳбарияти мураббийлар штабини кучайтириш устида бош қотирмоқда 0 15:42Мадримовнинг вазнида бирлаштирувчи чемпионлик жанги ўтказилади 0 15:11WBO рейтинги. Баҳодир Жалолов кучли тўртликка кириб олди 0 14:40Пётр Ян дунёнинг энг яхши боксчисини айтди 0 14:09Ўзбекистон терма жамоаси собиқ мураббийи: "Россия оптимал таркибда майдонга туша олмайди. Бу ўйинда Ўзбекистон фаворит" 0 13:38Шахматчиларимиз Осиё Миллатлар кубогини ғалаба билан бошлашди. Бугун Ҳиндистонга қарши ўйнаймиз! 0

25 sen 17:52
Yangiliklar

Qilichbozlik

Qilichbozlik. O'zbekistonlik hakam Markaziy Osiyo mintaqasidan ilk bor Olimpiya o'yinlarida ishlaydi

Olimpiya o'yinlari ishtirok etish sport ichida yurgan har qanday soha vakillarining orzusi.

U xoh sportchi bo'lsin, jurnalist, hakam va hokazo. Kecha O'zbekiston qilichbozlik federaciyasiga Xalqaro qilichbozlik federaciyadan kelgan rasmiy maktub Aida Hasanova uchun chinakam bayramga aylanib ketdi. Ushbu xatda xalqaro toifadagi hakam hamyurtimiz Aida Hasanovaning ism-sharifi kelasi yil Tokioda bo'lib o'tadigan Olimpiya o'yinlarida faoliyat olib boruvchi hakamlar qatorida keltirib o'tilgan. Etiboringizga qilichbozlikning uch yo'nalishida ham yuqori saviyada hakamlik qila oladigan ushbu hamyurtimizning faoliyati va Olimpiada yo'llanmasi uchun bosib o'tgan yo'li mavzusida olgan intervyumizni havola qilamiz.

Hakamlikka qadam

“Sportchi bo'lganimda rapirada jang qilganman. Atletlik faoliyatimni yakunlaganimdan keyin bor etiborimni hakamlikka qaratdim. Musobaqalarda bellashib yurganimda ham faoliyatimni tugatsam, hakamlik qilishni niyat qilib qo'ygandim. 2014 yil Iordaniyada o'tkazilgan imtihonni alo bahoga topshirib, xalqaro toifadagi hakam darajasini oldim”.

Olimpiadada hakamlik qilish

“Olimpiada uchun hakamlar ham xuddi sportchilar kabi reyting ochkolarini yig'ib borishadi. 2014 yildan beri sekin-asta katta-katta musobaqalarda ishladim. Bu yil jahon chempionatining finallarida ham hakamlik qildim. Ayni paytda jamg'argan ballarim Tokio Olimpiadasida ishlash uchun etarli bo'ldi. Biroq kerakli ball yig'gan hamma ham Olimpiadaga bora olmaydi. Buning uchun Xalqaro qilichbozlik federaciyasining hakamlar komissiyasi ushbu nomzodlar orasida 30 ga yaqin eng sara referilarni tanlab oladi”.

Oldindagi rejalar

“Men yoshligimdagi orzularimdan biriga erishdim. O'z ustimda ishlab, Olimpiada finalida ham hakamlik qilish uchun astoydil mehnat qilaman. Finalda sportchilar qatori hakamlarni ham butun dunyo diqqat bilan kuzatib boradi. Bu bilan to'xtab qolish yo'q, albatta. Tokiodan keyin Parij va Los-Anjeles Olimpiadalarida ishlaydigan hakamlar qatoriga kirish uchun ham harakat qilaman”.

Etiborli raqamlar

Aida Hasanova xalqaro toifadagi hakamlik darajasini olgandan beri Olimpiadachilar qatoriga kirish uchun 5 yil ishladi. Ushbu hamyurtimiz Tokioda faoliyat olib boradigan ayol hakamlar orasida yagona. SHuningdek, Markaziy Osiyo mintaqasidan Olimpiadada ishlaydigan birinchi hakam bo'ladi.

Tokio Olimpiadasida nafaqat sportchilar, balki hakamlar qatorida ham yurtdoshlarimizning faoliyat olib borishi biz uchun faxr. Zero, Aida Hasanovadek tajribali hakamlarimizning ko'payishi qilichbozlikning yurtimizdagi rivoji uchun ulkan xissa qo'shishi tabiiy. O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi Aida Hasanovaning kelajakdagi faoliyatida yanada ulkan muvaffaqiyatlar tilab qoladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing