So’nggi yangiliklar

23:47Иккала боксчимиз ҳам IV Ёшлар Олимпиадаси финалида! Қозоғистонлик рақиб мағлуб этилди 0 20:11Бразилияда онлайн-ставкалар тақиқланди. Мамлакат футболи 2027 йилда қанча пул йўқотишини ҳисоблаб чиқишди 0 19:40IBF рейтинги. Ўзбек боксчиларининг ўрни қандай? 0 19:09Гандболчиларимиз Покистондаги мусобақада муваффақият қозонишди 0 18:38Хамзат Чимаев: "Уч ойдан бери кутаман - UFC’да мени нима кутаётганини билмайман" 0 18:07"Ливерпуль" сардори келажаги ҳақида гапирди: "Акс ҳолда бошқа жойга кетаман" 0 17:36Айтжан Халмаханов: "Асосий мақсадим — Олимпиада чемпиони бўлиш!" 0 17:05Путиннинг махсус вакили UFC турнирларини Россияга қайтариш устида иш олиб борилаётганини айтди 0 16:34Маурисио Сулаймон: "WBC қоидалари Мейвезерга чемпионлик учун курашишга рухсат беради" 0 16:03МЮ Кэррикни бўшатмоқчи эмас. Клуб раҳбарияти мураббийлар штабини кучайтириш устида бош қотирмоқда 0 15:42Мадримовнинг вазнида бирлаштирувчи чемпионлик жанги ўтказилади 0 15:11WBO рейтинги. Баҳодир Жалолов кучли тўртликка кириб олди 0 14:40Пётр Ян дунёнинг энг яхши боксчисини айтди 0 14:09Ўзбекистон терма жамоаси собиқ мураббийи: "Россия оптимал таркибда майдонга туша олмайди. Бу ўйинда Ўзбекистон фаворит" 0 13:38Шахматчиларимиз Осиё Миллатлар кубогини ғалаба билан бошлашди. Бугун Ҳиндистонга қарши ўйнаймиз! 0

06 may 16:08
Yangiliklar

Qilichbozlik

Qilichbozlik. Poytaxtimizda "Xotira va qadrlash kuni"ga bag'ishlangan turnir start oldi

Teglar :  Qilichbozlik
"Xotira va qadrlash kuni" arafasida Toshkent shahrida qilichbozlik bo'yicha musobaqa boshlandi.

Poytaxtimizdagi "Paxtakor" stadionida joylashgan qilichbozlik zalida "9-may Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan O'zbekiston qilichbozlik Federaciyasi hamda O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining 2019 yil uchun kalendar rejasiga muvofiq joriy yilning 6-8 may kunlari qilichbozlik bo'yicha Respublika Ochiq turniri o'tkazilmoqda. 

Mazkur musobaqalarda mamlakatimiz viloyatlari, Qoraqalpog'iston Respubldikasi hamda qo'shni Qozog'istondan tashrif buyurgan jami 250 nafar sportchi qatnashmoqda. O'zbekiston qilichbozlik Federaciyasi tomonidan “Xotira va qadrlash kuni”ni munosib nishonlashdan ko'zlagan bosh maqsad – tinchligimiz posbonlari bo'lgan Vatan himoyachilarini xotirlash, oramizdagi sportga fidoyi insonlarning qadriga etish, urushni qoralash, tinch-osoyishta yashayotganimiz, turmush farovonligini taminlash uchun ter to'kib, unumli mehnat qilayotganimizning shukronasini qilishdek ezgu fazilatlarni yosh sportchilar ongu-shuuriga singdirishdan iborat. Ishonamizki, bu kabi musobaqalar har bir yosh sportchini manan rag'batlantiradi, uni yashashga, yaratishga, elu yurtga sadoqat va qatiyat bilan xizmat ko'rsatib, jahon arenalarida Vatanimiz sharafini munosib himoya qilishga undaydi.


O'zbekiston qilichbozlik federaciyasi matbuot xizmati

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing