So’nggi yangiliklar

23:47Иккала боксчимиз ҳам IV Ёшлар Олимпиадаси финалида! Қозоғистонлик рақиб мағлуб этилди 0 20:11Бразилияда онлайн-ставкалар тақиқланди. Мамлакат футболи 2027 йилда қанча пул йўқотишини ҳисоблаб чиқишди 0 19:40IBF рейтинги. Ўзбек боксчиларининг ўрни қандай? 0 19:09Гандболчиларимиз Покистондаги мусобақада муваффақият қозонишди 0 18:38Хамзат Чимаев: "Уч ойдан бери кутаман - UFC’да мени нима кутаётганини билмайман" 0 18:07"Ливерпуль" сардори келажаги ҳақида гапирди: "Акс ҳолда бошқа жойга кетаман" 0 17:36Айтжан Халмаханов: "Асосий мақсадим — Олимпиада чемпиони бўлиш!" 0 17:05Путиннинг махсус вакили UFC турнирларини Россияга қайтариш устида иш олиб борилаётганини айтди 0 16:34Маурисио Сулаймон: "WBC қоидалари Мейвезерга чемпионлик учун курашишга рухсат беради" 0 16:03МЮ Кэррикни бўшатмоқчи эмас. Клуб раҳбарияти мураббийлар штабини кучайтириш устида бош қотирмоқда 0 15:42Мадримовнинг вазнида бирлаштирувчи чемпионлик жанги ўтказилади 0 15:11WBO рейтинги. Баҳодир Жалолов кучли тўртликка кириб олди 0 14:40Пётр Ян дунёнинг энг яхши боксчисини айтди 0 14:09Ўзбекистон терма жамоаси собиқ мураббийи: "Россия оптимал таркибда майдонга туша олмайди. Бу ўйинда Ўзбекистон фаворит" 0 13:38Шахматчиларимиз Осиё Миллатлар кубогини ғалаба билан бошлашди. Бугун Ҳиндистонга қарши ўйнаймиз! 0

17 fev 10:00
Yangiliklar

Qilichbozlik

Qilichbozlik. Qozog'istonlik murabbiy: "Biz uchun O'zbekistonda yig'in o'tkazish juda qulay"

Avvalroq, Qozog'istondan tashrif buyurgan qilichbozlar Toshkentda yig'in o'tkazayotganliklari haqida xabar bergandik.

Biz mehmon murabbiylaridan biri Alibek Dauranbekovning ushbu yig'in haqidagi fikrlari bilan qiziqdik. 

"O'zbekistonda barcha sharoitlar bor", - deya so'z boshladi qozog'istonlik murabbiy.

"Mashg'ulotlar o'tkazish uchun mo'ljallangan yo'laklar jahon standartlariga to'g'ri keladi. Bunday yo'laklardan Osiyo va jahon chempionatlarda foydalanadi. Bizda esa faqatgina Ostonada bunday imkoniyatlar mavjud. 

Masalan, biz u erda buncha mablag'ga 5 kun yig'in o'tkaza olamiz. Bu erda esa ushbu summaga 10-15 kunlab mashg'ulotlar o'tkaza olamiz. Eng avvalo, bu biz uchun arzon tushadi. Ikkinchidan, sharoitlar ham ajoyib. SHuningdek, bu erda bizga Olimpiada chempioni ham o'z maslahatlarini berishi mumkin. Rossiyaga boradigan bo'lsak u erdagi chempionlar buning uchun ham pul so'rashadi. Bu erda esa... Biz O'zbekiston bilan uzoq yillik do'stlarmiz. Bunday maslahatlar biz uchun bepul. SHu tariqa, biz bir-birimizga yordam beramiz. 


Bu erga 10 fevral kuni kelgandik. 20 fevral kuni jo'nab ketamiz. 21-da esa Qozog'istondan Taylandga, Osiyo chempionatida ishtirok etish uchun jo'nab ketamiz. 

Avvaliga, Osiyo chempionatida, aprel oyida esa jahon chempionatida ishtirok etamiz. U erda albatta O'zbekiston terma jamoasi ham qatnashadi. Bahorda sizning sportchilar bizning mamlakatda yig'in o'tkazadilar. 


Ayni paytda mashg'ulotlar davom etmoqda. O'zbek va qozoq sportchilari bir-birlariga sparring raqib vazifasini bajarmoqdalar. SHuningdek, murabbiylar ham o'zaro tajriba almashmoqdamiz. 

SHanba kuni bo'lib o'tadigan turnirda qatnashamiz. O'zbekiston qilichbozlik federaciyasi biz uchun turnir tashkillashtirishni rejalashtirmoqda. U erda yosh sportchilarimiz uchun diplomlar, medallar va turli sovg'alar taqdim etilishi kutilmoqda. Qiziq bo'ladi deb o'ylayman", - deydi rapira bo'yicha qozog'istonlik sportchilarning katta murabbiyi Alibek Dauranbekov.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing