So’nggi yangiliklar

23:47Иккала боксчимиз ҳам IV Ёшлар Олимпиадаси финалида! Қозоғистонлик рақиб мағлуб этилди 0 20:11Бразилияда онлайн-ставкалар тақиқланди. Мамлакат футболи 2027 йилда қанча пул йўқотишини ҳисоблаб чиқишди 0 19:40IBF рейтинги. Ўзбек боксчиларининг ўрни қандай? 0 19:09Гандболчиларимиз Покистондаги мусобақада муваффақият қозонишди 0 18:38Хамзат Чимаев: "Уч ойдан бери кутаман - UFC’да мени нима кутаётганини билмайман" 0 18:07"Ливерпуль" сардори келажаги ҳақида гапирди: "Акс ҳолда бошқа жойга кетаман" 0 17:36Айтжан Халмаханов: "Асосий мақсадим — Олимпиада чемпиони бўлиш!" 0 17:05Путиннинг махсус вакили UFC турнирларини Россияга қайтариш устида иш олиб борилаётганини айтди 0 16:34Маурисио Сулаймон: "WBC қоидалари Мейвезерга чемпионлик учун курашишга рухсат беради" 0 16:03МЮ Кэррикни бўшатмоқчи эмас. Клуб раҳбарияти мураббийлар штабини кучайтириш устида бош қотирмоқда 0 15:42Мадримовнинг вазнида бирлаштирувчи чемпионлик жанги ўтказилади 0 15:11WBO рейтинги. Баҳодир Жалолов кучли тўртликка кириб олди 0 14:40Пётр Ян дунёнинг энг яхши боксчисини айтди 0 14:09Ўзбекистон терма жамоаси собиқ мураббийи: "Россия оптимал таркибда майдонга туша олмайди. Бу ўйинда Ўзбекистон фаворит" 0 13:38Шахматчиларимиз Осиё Миллатлар кубогини ғалаба билан бошлашди. Бугун Ҳиндистонга қарши ўйнаймиз! 0

29 avg 19:43
Yangiliklar

Qilichbozlik

Qilichbozlik. Toshkentda o'tkaziladigan xalqaro turnirlar oldidan matbuot anjumani bo'lib o'tdi

Teglar :  Qilichbozlik
Avval xabar berganimizdek, sentyabr oyida poytaxtimiz qilichbozlik bo'yicha ikkita xalqaro turnirga mezbonlik qiladi.

Avvaliga 5-8 sentyabr kunlari "Satellit" xalqaro turniri bo'lib o'tsa, 9-10 sentyabrda Markaziy Osiyo qilichbozlik Konfederaciyasi ochiq chempionati tashkil etiladi. 

Bugun Respublika ixtisoslashtirilgan gimnastika saroyida ushbu musobaqalar oldidan matbuot anjumani tashkil etildi. Unda O'zbekiston qilichbozlik federaciyasi vakillari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etishdi. Anjuman avvalida O'zbekiston qilichbozlik federaciyasi bosh kotibi Gulnora Saidova o'tkaziladigan musobaqalar haqida malumot berdi. SHuningdek, turnirlarning tashkiliy jihatlari, reyting tizimi haqida gapirib erdi. 

SHundan so'ng O'zbekiston qilichbozlik federaciyasi raisining o'rinbosari Gennadiy Pelix o'z fikrlarini bildirdi. 

"Federaciyada katta hajmdagi ish olib borilmoqda. Buning samarasi o'laroq, O'zbekistonga ushbu reyting turnirini tashkil etish imkoniyati berildi. Ushbu musobaqalar muhim reyting ochkolarini taqdim etadi. Bundan tashqari, kelasi yili tashkil etiladigan licenzion musobaqaga tayyorgarlik vazifasini ham bajaradi.

Turnirda ishtirok etish uchun AQSH, Italiya, Britaniya, Rossiya, Braziliya, Turkiya va boshqa mamlakatlardan qilichbozlar tashrif buyurishadi. Biz kelajakda ham shunday nufuzli musobaqalarga mezbonlik qilishni maqsad qilganmiz", - dedi Gennadiy Pelix. 

Tadbir davomida O'zbekiston terma jamoasi murabbiyi Igor CHikinyov, Xalqaro toifadagi hakam Aida Hasanova ham jurnalistlar tomonidan berilgan savollarga javob berishdi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing