So’nggi yangiliklar

23:47Иккала боксчимиз ҳам IV Ёшлар Олимпиадаси финалида! Қозоғистонлик рақиб мағлуб этилди 0 20:11Бразилияда онлайн-ставкалар тақиқланди. Мамлакат футболи 2027 йилда қанча пул йўқотишини ҳисоблаб чиқишди 0 19:40IBF рейтинги. Ўзбек боксчиларининг ўрни қандай? 0 19:09Гандболчиларимиз Покистондаги мусобақада муваффақият қозонишди 0 18:38Хамзат Чимаев: "Уч ойдан бери кутаман - UFC’да мени нима кутаётганини билмайман" 0 18:07"Ливерпуль" сардори келажаги ҳақида гапирди: "Акс ҳолда бошқа жойга кетаман" 0 17:36Айтжан Халмаханов: "Асосий мақсадим — Олимпиада чемпиони бўлиш!" 0 17:05Путиннинг махсус вакили UFC турнирларини Россияга қайтариш устида иш олиб борилаётганини айтди 0 16:34Маурисио Сулаймон: "WBC қоидалари Мейвезерга чемпионлик учун курашишга рухсат беради" 0 16:03МЮ Кэррикни бўшатмоқчи эмас. Клуб раҳбарияти мураббийлар штабини кучайтириш устида бош қотирмоқда 0 15:42Мадримовнинг вазнида бирлаштирувчи чемпионлик жанги ўтказилади 0 15:11WBO рейтинги. Баҳодир Жалолов кучли тўртликка кириб олди 0 14:40Пётр Ян дунёнинг энг яхши боксчисини айтди 0 14:09Ўзбекистон терма жамоаси собиқ мураббийи: "Россия оптимал таркибда майдонга туша олмайди. Бу ўйинда Ўзбекистон фаворит" 0 13:38Шахматчиларимиз Осиё Миллатлар кубогини ғалаба билан бошлашди. Бугун Ҳиндистонга қарши ўйнаймиз! 0

25 iyu 18:33
Yangiliklar

Qilichbozlik

Qilichbozlik. Toshkentda seminar boshlandi

Teglar :  Qilichbozlik
So'nggi yillarda mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sport sohasida malakali kadrlar va murabbiylarni tayyorlash masalalariga alohida etibor qaratilganligi etirofga loyiq.

Biroq, sport sohasini rivojlantirishga doir bir qator muhim meyoriy xujjatlar qabul qilingan bo'lsa-da, ularda belgilangan dolzarb masalalar va joylarda o'z echimini kutayotgan — kadrlar salohiyati bilan bog'liq bo'lgan muammolar ham borligi sir emas. Ushbu vazifalarni bajarish, mavjud imkoniyatlardan to'la foydalanish borasida O'zbekiston qilichbozlik federaciyasining 2019 yil rejasiga muvofiq respublikamiz viloyatlarida qilichbozlikning barcha yo'nalishlarida murabbiylik faoliyatini olib borayotgan xodimlar uchun ularning kasbiy malaka-mahoratini oshirish maqsadida 25-30 iyun kunlari xorijiy mutaxassislar ishtirokida uslubiy-amaliy seminarlar tashkil etilgan. 

Bugun, 25 iyun kuni poytaxtimizdagi “Paxtakor”  qilichbozlik sport majmuasida mazkur seminarning ochilishi bo'lib o'tdi. Anjumanda respublikamizning turli viloyatlarida qilichbozlik bo'yicha faoliyat olib borayotgan murabbiylar, sport faxriylari, olimlar va qilichbozlik sportining etakchi mutaxassislari ishtirok etishdi.


Malumki, O'zbekiston qilichbozlik federaciyasi Prezidentimiz belgilab bergan  vazifalardan kelib chiqqan holda qilichbozlik sportini ommalashtirish, uning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, Vatanimiz sharafini xalqaro musobaqalarda munosib himoya qilishga qodir bo'lgan istedodli sportchilarni tayyorlash uchun barcha zarur chorlarni ko'rmoqda. Natijada  qilichbozlik mamlakatimizda  sportning ommaviy turiga aylanmoqda.

Seminarning ochilish marosimida so'z olganlar tomonidan ham bugungi kunda muhtaram Prezidentimiz SH.M.Mirziyoev rahbarligida mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar, qabul qilinayotgan hujjatlar va bajarilishi zarur bo'lgan ishlar haqida so'z yuritildi.

SHundan so'ng seminarning ilk kunida anjuman ishtirokchilari Rossiyadan taklif etilgan qilichbozlik nazariyasi va metodikasi bo'yicha mashhur olim, pedagogika fanlari doktori, Rossiyada xizmat ko'rsat murabbiy A.D.Movshovich maruzalarini tinglash barobarida o'zlarini qiziqtirgan barcha savollarga to'laqonli javob olishdi.

Seminar qatnashchilari uslubiy nazariy bilimlarni mustahkamlash uchun kunning ikkinchi yarmida har bir yo'nalish bo'yicha Toshkent shahrida joylashgan qilichbozlik sport zallarida o'z malaka-maxoratini oshirish bo'yicha “Paxtakor”, “Umid,” “Yoshlik” sport majmualariga tashrif buyurishdi. 

Eslatib o'tamiz mazkur seminarlar hafta davomida — 25 iyundan 29 iyun kunigacha bo'lib o'tadi. Seminarlar doirasida, so'nggi yillarda O'zbekiston terma jamoasiga shpaga yo'nalishi bo'yicha murabbiylik qilib kelayotgan shveciyalik Igor CHikinev, milliy terma jamoamizning sablya yo'nalishidagi murabbiyi rossiyalik Aleksandr Jiteckiylar o'zbek murabbiylarga qilichbozlikning usulubiy hamda amaliy jixatlarining eng nozik masalalariga oid maruzalar bilan qatnashishlari rejalashtirilgan. 

Ushbu kasbiy malaka oshirish darslari davomida qilichbozlik bo'yicha hakamlarning ham uslubiy-amaliy seminari o'tkaziladi. Albatta, bu kabi respublika uslubiy-amaliy seminarlar mamlakatimizda qilichbozlik sportini rivojlantirish ishlarining samaradorligini oshirish, ushbu sohani yangi, yanada yuqori bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi.

O'QF matbuot xizmati


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing