So’nggi yangiliklar

19:02Тренд: Ўзбек ММА юлдузлари 80-йилларда қандай кўринишда бўлишарди? (ФОТО) 0 18:22Саншеш Испания клуби билан келишувга эришмоқда 0 17:46Магнус Карлсен Жавоҳир Синдаровнинг Гукешга қарши ўйини учун тахминини айтди 0 17:12Конор Бенн Райан Гарсияга қарши жанг олдидан тарозидан ўтгач, 8 соат ичида деярли 15 кг вазн йиғди 0 16:43Осиё ва Пара Осиё ўйинларига кузатиш маросимидан ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 16:01Ван Дейк Саудия Арабистонига йўл олиши мумкин 0 15:29"Битта жанг ва отанг озод". Конор UFC'дан кейин қаерга кетишини айтди 0 14:45Богдан Гусков: "Анкалаев — энг кучли ярим оғир вазнли жангчи, аммо..." 0 14:14Осиё ўйинлари-2026. Ўзбекистон байроқдорлари ким бўлиши аниқ 0 13:48Расман. "Арсенал" 17 ёшли грузиялик футболчи билан шартнома имзолади 0 13:07Пётр Ян Мераб Двалишвилига суғурта қилдириб қўйишни маслаҳат берди 0 12:36Усик фаолиятидаги энг қийин рақибни айтди. Бу на Фьюри ва на Верховен 0 12:15Бугун Hungary Grand Slam 2026 турнирида Муроджон ва Элбекка мухлислик қиламиз 0 11:44Мбаппе: "Месси каби 39 ёшимда ўйнашимни кўра оламанми? 100 ёшгача ўйнашга тайёрман!" 0 11:13Райан Гарсия ва Конор Бенн вазн ўлчаш маросимида ҳозир бўлди 0

16 iyu 16:12
Yangiliklar

Qilichbozlik

Qilichbozlik. Yana Alborova jahon chempionatini g'alaba bilan boshladi, qolganlar esa...

Kecha Vengriya poytaxti Budapesht shahrida qilichbozlik bo'yicha jahon chempionati start oldi.

Bellashuvlarda o'zbekistonlik qilichbozlar ham ishtirok etishmoqda. Kecha 4 nafar hamyurtimiz startga chiqdi. 

Ayollar o'rtasida shpaga bahslarida qatnashgan Malika Hakimova saralash bosqichida (pulka) uchta g'alabaga erishib, asosiy davraga yo'l oldi. Asosiy davrada u avvaliga Singapur, keyin esa Ruminiya vakilasini mag'lub etdi. Endi hamyurtimiz 1/32 finalga chiqish uchun xitoylik raqibasiga qarshi jang qiladi. Erkaklar o'rtasida sablya bahslarida esa Pazilbek Genjebaev va Bobirjon Rasulov pulkada yaxshi ishtirok etishdi va asosiy davraga yo'l olishdi. Afsuski, Pazilbek ilk davrada hindistonlik raqibiga 14:15, Bobirjon esa Singapur vakiliga 13:15 hisobida yutqazib qo'ydi. SHerzod Mamutov esa saralash guruhidayoq yutqazib qo'ydi. 

Bugun ayollar o'rtasida rapira, erkaklar o'rtasida shpaga bahslari o'tkazilmoqda. Yaqinda terma jamoamizga jalb etilgan rapirachi Yana Alborova saralash bosqichini juda yaxshi o'tkazdi va birinchi o'rin bilan asosiy davraga yo'l oldi. Asosiy davradagi ilk jangida Yana CHili vakilasi Katina Proestakisni 15:14 hisobida mag'lub etdi. Endi u ikkinchi davrada franciyalik Solen Butryuilga qarshi jang qiladi. 

SHpagagachi yigitlarimiz esa hozircha pulka janglarini o'tkazishmoqda. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing