21 fev 13:19
Yangiliklar
Qilichbozlik
Qilichbozlik. Yoshlar va o'smirlar o'rtasida O'zbekiston chempionati start oldi
Bugun poytaxtimizda Paxtakor stadionining qilichbozlik zalida yoshlar va o'smirlar o'rtasida O'zbekiston chempionati boshlandi.
Bahslarda Respublikamizning turli hududlaridan tashrif buyurgan yosh qilichbozlar sovrinli o'rinlar uchun kurash olib boradilar. 26 fevralga qadar davom etadigan musobaqada 200 nafarga yaqin sportchi o'z omadini sinab ko'radi.
CHempionat taqvimini etiboringizga havola qilamiz:
21 fevral – shpaga (o'g'il bolalar), shpaga (qizlar) – yakkalik
22 fevral – shpaga (o'g'il bolalar), shpaga (qizlar) – jamoaviy
23 fevral – rapira (o'g'il bolalar), rapira (qizlar) – yakkalik
24 fevral – rapira (o'g'il bolalar), rapira (qizlar) – jamoaviy
25 fevral – sablya (o'g'il bolalar), sablya (qizlar) – yakkalik
26 fevral – sablya (o'g'il bolalar), sablya (qizlar) – jamoaviy.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar