22 jan 18:40
Yangiliklar
Qilichbozlik
Qilichbozlik.Toshkentda yoshlar o'rtasida O'zbekiston chempionati boshlandi
Bugun, 22 yanvar kuni poytaxtimizda qilichbozlik bo'yicha yoshlar o'rtasida O'zbekiston chempionati start oldi.
Musobaqada Respublikamizning turli hududlaridan 300 nafardan ziyod yosh sportchilar sovrinli o'rinlar uchun kurash olib boradilar. Bellashuvlar qilichbozlikning har uchchala (rapira, sablya, shpaga) yo'nalishida tashkil etiladi. Qilichbozlar yakkalik va jamoaviy bahslarda ishtirok etadilar.
Bahslarda kuchli uchlikka kira olgan sportchilar medal, diplom va qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlanishadi. CHempionat 27 yanvarga qadar davom etadi.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar