27 sen 10:06
Yangiliklar
Dzyudo

Qingdao Grand Prix 2025. Bugun SHahram Ahadovga muxlislik qilamiz
Xitoyning Cindao shahrida Gran-Pri turkumiga kiruvchi musobaqa start oldi.
Bugun Qingdao Grand Prix 2025 turnirining ikkinchi kuni SHahram Ahadov (-73 kg) o'z omadini sinab ko'radi. Buxorolik dzyudochimiz o'z ishtiroklarini to'g'ridan-to'g'ri ikkinchi davradan boshlaydi. Dzyudochimiz xitoylik Zuo Isyuan hamda turkiyalik Bilal CHiloglu bellashuvi g'olibiga qarshi tatamiga chiqadi.
Ertaga musobaqaning so'nggi kuni Alisher Yusupov (+100 kg) ishtirokidagi belashuvlarga guvoh bo'lamiz. Parij-2024 Olimpiadasi sovrindori ikkinchi bosqichda Xitoy Taypeyi vakili Yang Hao-Ting yoki xitoylik Li Hay Yang bilan to'qnash keladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar