25 sen 12:46
Yangiliklar
Dzyudo

Qingdao Grand Prix 2025 turniriga qura tashlandi
SHahram Ahadov va Olimpiya o'yinlari sovrindori Alisher Yusupov ertaga Xitoyning Cindao shahrida boshlanadigan Gran-Pri turkumiga kiruvchi musobaqadagi raqiblarini bilib olishdi.
Qingdao Grand Prix 2025 qurasiga ko'ra, Ahadov ham, Yusupov ham o'z ishtiroklarini to'g'ridan-to'g'ri ikkinchi davradan boshlashadi. Romitanlik dzyudochimiz xitoylik Zuo Isyuan hamda turkiyalik Bilal CHiloglu bellashuvi g'olibiga qarshi tatamiga chiqadi. Yusupov esa Yang Hao-Ting (Xitoy Taypeyi) yoki Li Hay Yang (Xitoy) bilan to'qnash keladi.
Dzyudochilarimiz uchun qura natijalari:
-73 kg: SHahram Ahadov – Zuo Isyuan (Xitoy)/ Bilal CHiloglu (Turkiya)
+100 kg: Alisher Yusupov – Yang Hao-Ting (Xitoy Taypeyi)/ Li Hay Yang (Xitoy)
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar