22 iyu 12:15
Yangiliklar
Boks/MMA

Qirg'iz go'zali UFC chempioniga qarshi jangga tayyorgarlik ko'ryapti
UFC jangchisi qirg'izistonlik go'zal Valentina SHevchenko navbatdagi jangiga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.
SHevchenko 8 iyul kuni engil vazn toifasida UFC chempioni Amanda Nunesga qarshi chempionlik jangida ishtirok etadi.
“AQSHning Kolorado shtatida murabbiyim Pavel Fedotov qo'l ostida mashg'ulotlarni o'tkazyapman. O'quv-mashg'ulot bazamiz dengiz sathidan 3000 metr balandlikda joylashgan.
Mashg'ulot ertalabki mahalda haftasiga besh marta 3-3,5 soatdan o'tkazilyapti. Kunning ikkinchi yarmida esa bor etiborimni xordiq chiqarishga qaratyapman”, - dedi SHevchenko.
Havola :
Fikrlar