13 mar 13:52
        Yangiliklar	
	
				
				    Futbol			    
				 
				
			 
				Qirg'iz Respublikasi terma jamoasining O'zbekistonga qachon kelishi malum
Yon qo'shnilarimiz 20 mart kuni JCH-2026 saralashining 7-turi doirasida O'zbekiston bilan to'qnash keladi, 25 martda esa o'z maydonida Qatarni qabul qiladi.
			Qirg'iz futbol ittifoqining xabar qilishicha, ushbu o'yinlarga tayyorgarlik ko'rish maqsadida Maksim Lisicin shogirdlari 12 martdan boshlab Bishkekdagi "Muras Yunayted" qarorgohida o'quv-mashg'ulot yig'inini boshlagan.
Championat.asia saytiga ko'ra, Qirg'iz Respublikasi termasi tayyorgarlik yakunlangach, 18 mart kuni O'zbekiston milliy terma jamoasi bilan o'yinda ishtirok etish uchun Toshkentga yo'l oladi.
Avvalroq Qirg'iz Respublikasining kengaytirilgan tarkibi malum qilingan edi.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston – Qirg'iz Respublikasi bahsi 20 mart kuni "Bunyodkor" stadionida bo'lib o'tadi. Uchrashuv 21:00 ga belgilangan.

            Havola            :         
             
			
Fikrlar