28 may 14:38
Yangiliklar
Boks/MMA
Qirg'iz sportchisi Ramazon Temirov bilan bir oqshomda jang qiladi
Qirg'izistonlik Uran Satibaldievning (9-1) UFC’dagi navbatdagi raqibi malum bo'ldi.
Xabar berilishicha, Uran Satibaldiev 25 iyul kuni Abu-Dabi shahrida (BAA) bo'lib o'tadigan UFC Fight Night 282 turnirida oktagonga ko'tariladi.
Uning raqibi amerikalik Dastin Jeykobi (22-9) bo'ladi. Jang yarim og'ir vazn toifasida o'tkaziladi.
Satibaldiev UFC’da hozirgacha ikki jang o'tkazib, bittadan g'alaba va mag'lubiyat qayd etgan. Jeykobi esa UFC’da 15 ta jang o'tkazib, 10 ta g'alaba, 4 ta mag'lubiyat va 1 ta durangni o'z hisobiga yozdirib qo'ygan.
Abu-Dabidagi turnirda hamyurtimiz Ramazon Temirov avstraliyalik Stiv Erceg bilan bahs olib boradi.

Havola :
Manba : sport.akipress.org
Fikrlar