06 avg 14:38
Yangiliklar
Boks/MMA

Qirg'izistonlik UFC jangchisi yana 4 ta jangga shartnoma imzoladi + FOTO
Qirg'izistonlik aralash qoidalar ustasi Rafael Fiziev UFC promousheni bilan yana 4 ta jangga mo'ljallangan shartnomaga imzo chekdi.
Bu haqida uning o'zi Tvitter sahifasi orqali xabar berdi. Fiziev UFCda engil vazn toifasida o'z janglarini o'tkazib keladi.
"Yana 4 ta jang uchun shartnoma imzolaganimni mamnuniyat bilan bildirmoqchiman. Ishonch bildirayotgan UFC rahbariyati hamda menejerlarim Daniel Rubinshteyn va Sayat Abdraxmanovga minnatdorlik izhor qilaman", — deya surat hamda uning ostida xabar qoldirgan Fiziev.
Malumot uchun, 27 yoshli Rafael Fiziev 2015 yildan beri MMA olamida, 2019 yilda esa u UFC promousheniga o'tgan edi. Fiziev o'zining so'nggi jangini 18 iyul kuni "Janglar oroli"da Mark Diakezega qarshi o'tkazgan edi. Aynan mana shu jang oqshomning eng yaxshi jangi sifatida tan olingandi.
Havola :
Fikrlar