06 apr 10:30
Yangiliklar

“Qirol Kubogi”. Jasurbek, SHahram va Isroilda ikkinchi g'alaba
Dunyoning 18 davlatidan charm qo'lqop ustalari qatnashayotgan xalqaro turnirda O'zbekiston terma jamoasi bokschilari ham kuchli tarkib bilan ishtirok etishyapti.
Musobaqaning birinchi kuni hamyurtlarimizdan Jasurbek Latipov, SHahram G'iyosov va Isroil Madrimov raqiblarini mag'lubiyatga uchratishgan edi. Kecha aynan ular ikkinchi janglarida ringga ko'tarilishdi.
Rio Olimpiadasining kumush medal sovrindori SHahram G'iyosov ancha kuchli raqib hindistonlik Manoj Kumarni 3:0 hisobida mag'lub etdi. 52 kg vazn toifasidagi bokschimiz Jasurbek Latipov tailandlik Krtifak Duangnutdan 3:0 hisobida ustun keldi.
75 kg vazn toifasida medallar uchun kurashyotgan Isroil Madrimov esa Xitoy Taypeyi bokschisi Kan CHia Veyga hech qanday imkoniyat qoldirmadi - 3:0.
Fikrlar