So’nggi yangiliklar

10:32Лос-Анжелес-2028: енгил атлетика бўйича саралаш тартиби ва меъёрлари тасдиқланди 0 10:22Ёшлар Олимпиадасидаги медалларимиз сони яна биттага кўпайди 0 10:01"Арсенал" "Реал"га Субимендининг нархини эълон қилди 0 09:30Юнон-рум кураши. Ўзбекистон чемпионатининг биринчи куни 5 та вазнда ғолиблар аниқланди 0 08:59Икки боксчимиз Ёшлар Олимпиадаси медалини нақд қилди + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 08:28Волков расм орқали UFC чемпионлиги учун жанг сўради + ФОТО 0 08:03"Манчестер Юнайтед" Почеттинонинг вакиллари билан музокаралар ўтказди 0 07:32Total Chess. Абдусатторовдан "даҳшатли" старт. У фақат Бибисарани хафа қила олди холос 0 07:01Фомин Грециядаги "Челленжер"ни илк босқичдаёқ тарк этди 0 20:28Дана Уайт Эдди Хирнни Лондонда юзма-юз келишиб олишга чақирди 0 19:57Афсонавий Рауль Гонсалес илк бор катталар жамоасини бошқаради 0 18:55Махачев Тошкентда топширилган ишончнома ҳақида гапирди + ФОТО 0 18:24Илия Топурия фаолиятидаги энг эсда қоларли жангини айтди 0 17:53"Манчестер Юнайтед" Кэррикни "Ливерпуль"га қарши ўйингача истеъфога чиқариши мумкин — манба 0 17:22Жейрон Эннис иштирокидаги бирлаштирувчи жанг қачонга белгилангани маълум 0

06 iyu 16:28
Yangiliklar

Futbol

Qisqa vaqtda Osiyoni o'ziga qaratgan "Bunyodkor" - 20 yoshda!

Teglar :  Bunyodkor
Toshkentning "Bunyodkor" jamoasi bugun 20 yoshga to'ldi.

Bundan roppa-rosa 20 yil muqaddam, 2005 yilning 6 iyul kuni "Neftgazmontaj-Quruvchi" nomi bilan tashkil topgan "Bunyodkor" bugun 20 yoshni qarshi oldi. Keyinchalik "Quruvchi" nomi bilan nafaqat mamlakatimizda, balki Osiyoda ham o'z o'rniga ega bo'lgan jamoa 2008 yil "Bunyodkor"ga aylangach, dunyo nashrlarida ham tilga olina boshlandi, amalga oshiriyotgan ishlari etirof etildi, "qaldirg'ochlar" yanada balandroq ucha boshladi. 

Bu orada klubda o'sha mashhur Ziko, Luis Filipe Skolari kabi murabbiylar ishladi. Rivaldo singari jahon tan olgan, Xose Luis Vilyanueva kabi mohir to'purar legionerlar "Bunyodkor" libosini kiyishdi. Ispaniyaning grand jamoasi "Barselona" bilan o'zaro hamkorlik yo'l qo'yildi. 

Qisqa vaqt ichida milliy terma jamoamizning o'zagi bo'lgan futbolchilar "Bunyodkor" azosi sifatida maydonga tusha boshladi. Amalga oshirilgan islohatlar o'laroq, klub qoshida futbol akademiyasi qurib bitkazilib, foydalanishga topshirildi va u OFK tomonidan 2 ta yulduz maqomiga loyiq ko'rildi. 

Qisqasi, "qaldirg'ochlar"ning muvaffaqiyati uchun ko'pchilik eng shimarib, hamjihatlik bilan xizmat qildi. Lekin bu muvaffaqiyatlarning asosi aynan kimlarga bog'liq ekanligini barcha biladi, bugungi kunda ham ularni etirof etadi, yaxshi xotiralar bilan tilga oladi. 

2007 yilda "Bunyodkor"ning katta futbolga kirib kelishi uzoq vaqt davom etib kelgan "Paxtakor"ning chempionatdagi gegemonligiga barham berdi. Tarkib borasida katta farq ko'zga tashlansada, Toshkent derbilari shiddati, harorati bilan yodda qoldi. OCHLda ikki bor yarim finalga qadar etib bordi, nafaqat Osiyo balki dunyoni o'ziga qaratdi deya olamiz. Hozirgacha hech qaysi klubimiz qita turnirida yarim finalda ishtirok etgani yo'q. 

Klubning asosiy yutuqlari

O'zbekiston chempion: 2008,2009,2010,2011,2013

O'zbekiston chempionat kumush medali: 2007,2012,2016

O'zbekiston chempionati bronza medali: 2019

O'zbekiston Kubogi sohibi: 2008,2010.2012,2013

O'zbekiston Superkubogi egasi: 2014

OCHL yarim finalchisi: 2008, 2012

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing