25 fev 10:07
Yangiliklar
Qilichbozlik
Qita birinchiligi yuqori notada yakunlandi
Bahrayn poytaxti Manama shahrida qilichbozlik bo'yicha Osiyo chempioanti o'z yakuniga etdi.
Musobaqaning so'nggi kuni jamoaviy dasturda sablyachilarimiz oltin, shpagachilarimiz bronza medallariga ega chiqishdi.
Sablyachi qizlarimiz Gulistan Perdibaeva, Fernanda Errera, Nargiza Jaksibaeva hamda Samira SHokirova barcha raqiblarini mag'lub etib, yana bir karra qita chempionligini qo'lga kiritishdi. Yarim finalda yaponiyalik raqibalariga imkoniyatni boy bergan shpagachi qizlarimiz SHahzoda Egamberdieva, Dilnaz Murzataeva, Aziza Hamidova hamda Sanam Nazarova bronza medali bilan musobaqani yakunladilar.
Eslatib o'tamiz, bir kun avvalgi dasturda sablya va shpagada jang qilgan yigitlarimiz ham mos ravishda oltin hamda bronza medallariga egalik qilishgan edi.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar