04 okt 14:25
Yangiliklar
Boks/MMA

Qo'l jangi ustalarimiz Evropa Ochiq chempionatiga yo'l olishdi
Hozirgina O'zbekiston qo'l jangi terma jamoasi delegaciyasi Toshkent - Parij - Bryussel aviareysi bilan Belgiya davlatiga jo'nab ketdi.
Asad O'rinov bosh murabbiyligidagi terma jamoamiz azolari Belgiyaning Xalle shahrida o'tkaziladigan Evropa Ochiq chempionatida yurtimiz sport sharafini himoya qilishadi.
Terma jamoa tarkibidan 20 nafarga yaqin sportchilar joy olishgan. Ular orasida ikki karra jahon chempioni Odil Sirojiddinov, Rustam Magdiev singari mashhur qo'l jangi ustalarimiz bor. Ushbu musobaqa 11 oktyabrga qadar davom etadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar