06 may 12:35
Yangiliklar
Boshqalar
Qo'qon shahridagi sport maktablarining faoliyati tanqidiy ko'rib chiqildi + FOTO
Rasmiylar tomonidan olib borilgan o'rganish ishlari Farg'ona viloyatining Qo'qon shahrida davom etdi.
Mutasaddilar tashrif doirasida shahardagi 1 va 2-son sport maktablari, shuningdek, 12 va 20-son umumtalim maktablarini ko'zdan kechirishdi. Jarayon tanqidiy ruhda o'tdi.
Barcha muassasalardagi sharoitlar, xususan, kiyim almashtirish xonalaridagi sanitar holatni yaxshilash, mashg'ulot zalidagi inventarlarni to'liq yangilagan holda yoshlar uchun zarur imkoniyatlarni yaratish borasida ko'rsatmalar berildi.
Qolaversa, faoliyat olib borayotgan murabbiylarning ishi ham atroflicha tahlil qilindi. Tashrif doirasida bir necha ishchi guruhi hududlarga bo'lingan holda o'rganish ishlarini davom ettirmoqda.


















Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar