So’nggi yangiliklar

01:42А Серия. "Рома" "Аталанта"га ютқазди, клубнинг 19 та ўйинлик мағлубиятсиз серияси якунланди 0 23:55Жаҳон кубоги. Боксчиларимиздан муваффақиятли старт: учта жангда учта ғалаба 0 19:14Рим WTA 1000. 18 ёшли Мирра Андреевада яна ғалаба 0 18:51Достон Бозоров: "2025 йили UFC'га" 0 18:28Де Брюйне "Наполи"га ўтишга рози 0 18:04Шавкат Раҳмонов Маддалена - Муҳаммад жангининг натижасига муносабат билдирди 0 17:41Сергей Фомин Тбилисидаги турнирда бошлабоқ тугатди 0 17:20Кечаги қонли жангдан кейин Достон Бозоровнинг юзи "ремонтада"га муҳтож бўлиб қолибди + ФОТО 0 16:59Тонали Манчестер клублари шорт-листига кирди 0 16:38"Австралияликка узоқ танаффус шарт эмас". Маддалена Махачев билан жанг санаси ҳақида гапирди 0 16:16Валентина Шевченко UFC 315 ғалабасидан сўнг навбатдаги рақиби ҳақидаги саволга жавоб берди 0 15:52Али Абдель-Азиз: "Махачев вазн тоифасини ўзгартиради ва чемпионлик учун жанг қилади" 0 15:23"Реал" Хаби Алонсо билан барча нарсани келишиб олди 0 15:02Рим "Мастерс". Карлос Алькараз тўртинчи даврага чиқди 0 14:41Superbet Chess Classic Romania. Нодирбек Абдусатторов қачон ғалаба қозонади? 0

27 may 11:06
Yangiliklar

Kurash

“Qo'qon va sport” shiori ostida o'tkazilgan jahon chempionati yakunlandi FOTOGALEREYA

Qo'qon shahridagi "O'rda" maydonida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun belbog'li kurash bo'yicha 2005-2006 yillarda tug'ilgan o'smirlar va qizlar o'rtasida jahon chempionati bo'lib o'tdi.

Ushbu musobaqada yurtimiz belbog'li kurash ustalaridan tashqari Rossiya, Mo'g'uliston, Ozarbayjon, Belarus, Isroil, Gruziya, Hindiston, Moldova, Ruminiya, Qozog'iston, Qirg'iziston, Tojikiston kabi dunyoning 20 ga yaqin davlatdan 200 nafardaz ziyod sara polvonlar ishtirok etishdi.

CHempionatda belbog'li kurash bo'yicha o'g'il bolalar -42, -45, -50, -55, -60, -65, -71, -77 , -85, -95, +95 kg vazn toifalarida kuch sinashishgan bo'lsa, qizlar -44, -48, -52, -57, -63, -70, +70 kg vaznlarda g'oliblik uchun bahs olib borishdi. Musobaqa reglamentiga ko'ra kunning birinchi yarmida saralash bosqichi o'tkazilgan bo'lsa, tushdan so'ng yarim final va final bellashuvlarida kuchlilar aniqlandi.


Barcha g'olib va sovrindorlar

O'g'il bolalar

42 kg vazn toifasi 

1. SHahriyor Muqimov (O'zbekiston) 

2. Ozodbek Salimov (O'zbekiston) 

3. Diyor Abdualimov (O'zbekiston)

3. Najmiddin Umarov (O'zbekiston)


45 kg vazn toifasi  

1. Akbarshoh Sobirjonov (O'zbekiston)

2. Doston Ahmadbekzoda (Tojikiston)

3. Hasanboy O'rainbekov (O'zbekiston)

3. SHuhratbek Qirg'izboev (O'zbekiston)


50 kg vazn toifasi 

1. Sohibjon Boymatov (O'zbekiston)

2. Tohirjon Habibullaev (O'zbekiston)

3. Bunyodbek Rasulov (O'zbekiston)

3. Albert Raxmatullin (Rossiya)


55 kg vazn toifasi 

1. Muslumbek O'ktamjonov (O'zbekiston) 

2. Asadbek Jalilov (O'zbekiston) 

3. Muhammadyusuf Muhammadaliev (O'zbekiston)

3. Maxsad Amangeldiev (Qozog'iston). 


60 kg vazn toifasi

 1. Kamronmirzo Usmonaliev (O'zbekiston) 

2. Baxtiyor Xudoyberdiev (Tojikiston) 

3. Asadbek Mamataliev (O'zbekiston) 

3. Abdulaziz Saipov (O'zbekiston)


65 kg vazn toifasi 

1. Islam Melisbek Uulu (Qirg'iziston) 

2. Elyorjon Abduraimov (O'zbekiston) 

3. SHodiyorbek Rajabaliev (O'zbekiston) 

3. Azimjon Akbarov (O'zbekiston). 


71 kg vazn toifasi

1. Olloberdi Karimberdiev (O'zbekiston) 

2. Ilyosbek Sotiboldiev (O'zbekiston) 

3. Nodirbek G'ofurov (O'zbekiston) 

3. Xalil Mirzaev (Ozarbayjon) 


77 kg vazn toifasi 

1. Sardor Jumaboev (O'zbekiston) 

2. Ziyodulla Valijonov (O'zbekiston) 

3. Bahromjon Imomzoda (Tojikiston) 

3. Diyorbek Sattorov (O'zbekiston) 


85 kg vazn toifasi

1. Eldor  Mahmudov (O'zbekiston)

2. Azimjon Yo'ldoshev (O'zbekiston)  

3. Temur-Malik Musoev (Tojikiston) 

3. SHukurullo Mamatearimov (O'zbekiston) 


95 kg vazn toifasi

1. Faxriddin Muhammadjonov (O'zbekiston) 

2. Asqar Ergashev (Tojikiston) 

3. Kristiyan Rusu (Moldova)

3. Aleksey SHerbakov (Rossiya) 


+95 kg vazn toifasi 

1. Zafarjon Mo'soev (Tojikiston) 

2. SHoxrux SHorustamov (O'zbekiston) 

3. Batulzii Erdenebat (Mug'uliston) 

3. Sandro Mamageshivili (Gruziya).


Qizlar 

44 kg vazn toifasi

1. Arofatxon Muhammadova (O'zbekiston) 

2. Ruxshona Ro'ziqulova (O'zbekiston) 

3. Ganzorig Tselmeg (Mo'g'uliston)

3. Mohlaroy Do'smatova (O'zbekiston) 


48 kg vazn toifasi

 1. Mehribonu Egamova (O'zbekiston) 

2. Mohiraxon Qaxxorova (O'zbekiston) 

3. Nurzada Nurisbekova (Qirg'iziston) 

3. Diyoraxon Urazova (O'zbekiston)

 

52 kg vazn toifasi

1. Barno Kalmuratova (O'zbekiston) 

2. Eldora Alimboeva (O'zbekiston) 

3. Aruke Akibaeva (O'zbekiston) 

3. Feruzabonu Murodilova (O'zbekiston). 


57 kg vazn toifasi

1. Zahroxon Mahmudova (O'zbekiston) 

2. Musharrafxon Murodalieva (O'zbekiston) 

3. SHahrizoda O'roqova (O'zbekiston) 

3. Munkxuu Nandinerdene (Mo'g'uliston) 


63 kg vazn toifasi 

1. Durdona Mamurxonova (O'zbekiston) 

2. Batbaatar Anujin (Mo'g'uliston) 

3. Altansukx Altansondor (Mo'g'uliston) 

3. Zulayxo Zayniddinova (O'zbekiston)

 

70 kg vazn toifasi

1. Sevara SHahinova (O'zbekiston)

2. Akku Daurenbek (Qozog'iston) 

3. Oydina Ergasheva (O'zbekiston)

3. Nasibaxon Akbarova (O'zbekiston) 


+70 kg vazn toifasi

 1. Balauza Amirxonova (O'zbekiston) 

2. Jumagul Erkinjonova (O'zbekiston) 

3. Tsetsegduger Dorjgotov (Mo'g'uliston) 

3. Rayhonaxon Mamatkarimova (O'zbekiston).

SHuningdek, jahon chempionati doirasida musobaqaning tantanali ochilish marosimi ham tashkil etildi. Unda Farg'ona viloyati hokimi o'rinbosari Xurshid Ahmedov, Jahon belbog'li kurash associaciyasi prezidenti Azizbek G'aniev, O'zbekiston Respublikasi sportni rivojlantirish vaziri o'rinbosari Abdulla Aslanov, Osiyo belbog'li kurash konfedraciyasi prezidenti Mo'minxo'ja Muratov, O'zbekiston belbog'li kurash federaciyasi raisi Ravshan Dastirov va boshqalar ishtirok etishdi.

Jahon chempionati bahslari yakunlangach, har bir vazn toifasida birinchi o'rinni qo'lga kiritgan sportchilarga 5 million so'm, ikkinchi o'ringa ega bo'lgan sportchilarga 3 million so'm, ikkita uchinchi o'rinni  egallagan polvonlarga 2 million so'mdan pul mukofotlari hamda diplom va medallar topshirildi.

Alimurod MAMADAMINOV, Ilhom RAHMONOV, o'z muxbirlarimiz (Qo'qon shahridan)

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing