20 fev 18:24
Yangiliklar
Futbol
Qotillik uchun jazo o'tagan "Flamengo" sobiq sardori futbolga qaytdi
41 yoshli darvozabon Bruno Fernandes Braziliya Kubogida "Vasko da Gama AS" uchun o'ynaydi.
Bruno Fernandes sobiq sevgilisini o'ldirish ishi bo'yicha jazo o'taganidan so'ng "Vasko da Gama AS" klubi qaydnomasiga kiritildi va Braziliya Kubogida ishtirok etdi. Bu haqda "Globo" xabar bermoqda.
41 yoshli posbon ngi jamoasi safida "Velo"ga qarshi Braziliya Kubogining 1/256 finalida debyut qildi. Bruno 2013 yilda o'z o'g'lining onasi bo'lgan sobiq sevgilisini o'ldirishni tashkil etgani uchun 22 yilga ozodlikdan mahrum etilgan.
2019 yil iyulda Bruno jazo muddatining qolgan qismini "yarim ochiq" dastur asosida o'tash uchun qamoqdan chiqarilgan: u kunduzi ishlagan yoki mashg'ulot o'tkazgan, kechasi esa uy qamog'ida bo'lgan. 2023 yil yanvarda futbolchi shartli ozodlikka chiqarilgan.

Havola :
Fikrlar