10 mar 12:46
Yangiliklar
Tennis
Qoyil! Arina Sobolenko to'rtta matchboldan chiqib ketdi
Belaruslik tennischi Arina Sobolenko Indian-Uellsdagi turnirning ikkinchi davrasida amerikalik Peyton Stirnsga qarshi o'yin o'tkazdi.
2 soat 55 daqiqa davom etgan o'yinda Arina 6:7, 6:2, 7:6 hisoblarida g'alaba qozondi va uchinchi davraga yo'l oldi.
Sobolenko so'nggi setda 4:5 hisobida mag'lubiyatga uchrab turib (to'rtta matchbol vaqtida), hisobni tenglashtirdi. SHuningdek 5:6 hisobidagi mag'lubiyat paytida ham matchboldan chiqib ketdi.
Endi Sobolenko keyingi bosqichda britaniyalik Emma Radukanuga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : GoTennis
Fikrlar