So’nggi yangiliklar

16:58"Менда бокс юзига айланиш учун барча имконият бор" - Гарсия 0 16:37Ғиёсов – Кэттерол жанги: Шаҳрамнинг чемпионлик синови ёки Британия мактабининг навбатдаги имтиҳони? (Мутолаа учун) 0 16:16Ҳумоюн Султонов Австрия турнири вице-чемпиони 0 15:55Бруну Фернандеш — АПЛда мавсумнинг энг яхши ўйинчиси 0 15:34Илия Топурия қандай ҳолатда Макгрегор билан жанг қилишини айтди 0 15:13Озода Собиржонова Осиё чемпиони! Ҳисобимиздаги медаллар сони 8 тага етди 0 14:52"Мен тайёрман, очкўз бақалоқ" - Александр Усик Фьюри билан трилогия ҳақида гапирди 0 14:31А Сериянинг иккита клуби Салоҳга даъвогарлик қилмоқда 0 14:10Бугун Шаҳрам Ғиёсов Мисрда жанг қилади (жанг вақти + трансляция) 0 13:49Теренс Кроуфорд: "Рингда исботлайдиган ҳеч нарсам қолмади" 0 13:28Ган Перейранинг кўзларини эҳтиёт қилмоқчи эмас: "Бу ММА!" 0 13:07Гвардиола Роналдунинг устозига айланиши мумкин 0 12:46Агит Кабайел Усик учун Мисрга йўл олди. Нега? 0 12:25Камилла Раҳимова "Ролан Гаррос" асосий тўр илк даврасидаги рақибасини билиб олди 0 12:04WBO Ломаченкога чемпионлик учун жанг қилиш имконини беради 0

19 jan 20:56
Yangiliklar

Tennis

Qoyil! Humoyun Sultonov bir hafta ichida o'zi ishtirok etgan ikkinchi musobaqaning finaliga yo'l oldi!

Qatar poytaxti Doha shahrida o'tkazilayotgan tennis bo'yicha M25 turkumiga kiruvchi turnir o'zining hal qiluvchi pallasiga kirdi.

Ushbu musobaqada muvaffaqiyatli odimlayotgan Humoyun Sultonov final chiptasini hal qildi. Hamyurtimiz uch set davom etgan 1/2 final bahsida kambek qila oldi. U biroz avval yakuniga etgan va 2 soatu 22 daqiqa davom etgan uchrashuvda avstriyalik Sandro Koppni 3/6, 7/6(4), 6/1 hisoblarida dog'da qoldirdi.

Taqqoslash uchun, Sultonov dunyo reytingida 367, Kopp esa 480-o'rinni egallab turibdi. Humoyun turnirda 5, Sandro 7-raqam ostida tasniflangan. Bu tennischilarning o'zaro ikkinchi uchrashuvi edi. O'tgan yili 31 may kuni o'tkazilgan ilk to'qnashuvda ham Sultonov g'alaba qozongandi. 

Ertaga mamlakatimizning birinchi raketkasi Doha turniri bosh sovrini uchun turkiyalik Ergi Kirkinga qarshi kortga chiqadi. Turnirning uchinchi raketkasi bo'lgan Kirin bugun 1/2 finalda britaniyalik Ali Habibdan 6/4, 6/4 hisoblarida ustun keldi. Ergi ATP reytingida 340-o'rinni egallab turibdi.

Qayd etish joiz, Humoyun Sultonov 14 yanvar kuni Dohadagi M15 musobaqasi chempioniga aylangan edi. U 14 ta o'yindan buyon g'alaba qozonib kelmoqda. Ushbu turnirning mukofot jamg'armasi 25 000 AQSH dollarini tashkil qiladi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing