18 may 08:41
Yangiliklar
Boks/MMA

Qoyil! Konor Makgregor kambag'allarga uy qurib beryapti
Ikki vazn toifasida sobiq UFC chempioni Konor Makgregor Dublin shahrida kam taminlangan oilalar uchun mo'ljallangan uylar qurdirmoqda.
Bugungi kunda Irlandiya poytaxtidagi mavzelarning birida jami 8 ta ana shunday uylarning qurilishi davom etyapti.
"Bugun qurilish obektida bo'ldim va jarayon bilan yaqindan tanishdim. Tez orada bu uylarga kam taminlangan, extiyojmand oilalar ko'chib keladi. Bu mening qurilish yo'nalishidagi ilk xayriya loyiham. Zulmatning ketidan hamisha nurli kunlar bo'lgan. Har bir oila uchun uchtadan xona ajratiladi. Ularning hayotida yangi sahifa ochiladi. Yashansin, Irlanliya!", - deya o'zining Instagram sahifasida xabar qoldirgan Makgregor.
Havola :
Manba : MMA News
Fikrlar