15 mar 12:57
Yangiliklar
Boks/MMA

Qoyil! Uaylder uchta jang uchun 100 million oladi
Deontey Uaylder hamda DAZN striming platformasi o'rtasidagi kelishuv shartlari malum bo'ldi.
Unga ko'ra, jahon chempioni uchta jang uchun 100 million dollar pul oladi.
Bu haqida FOX Sports jurnalisti Mayk Koppinger malum qildi.
"Kecha DAZN va Uaylder o'rtasidagi kelishuv amalga oshdi. Uchta jang uchun 100 million. Buni bokschining menejeri SHelli Finkel ham tasdiqladi. Brizil bilan jang uchun 20 million va Joshua bilan janglar uchun 40 milliondan", - deb xabar qoldirdi Koppinger tvitterdagi sahifasida.
Havola :
Manba : twitter.com/MikeCoppinger
Fikrlar