07 sen 17:44
Yangiliklar
Boks/MMA

Qozog'iston Jahon chempionatidagi ikkinchi yo'qotishni qabul qilib oldi
SHu kunlarda Angliyaning Liverpul shahrida boks bo'yicha World Boxing shafeligidagi ilk Jahon chempionati o'tkazilmoqda.
Musobaqada ishtirok etayotgan qo'shni Qozog'iston terma jamoasi ikkinchi mag'lubiyatini qabul qildi.
Turnirning kechagi kuni doirasida ringga ko'tarilgan -75 kg vazn toifasidagi Nadejda Ryabec nimchorak final bosqichida xitoylik Lin Vangga 0:5 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Avvalroq, Qozog'iston ayollar terma jamoasining -54 kg vaznidagi vakilasi Elina Bazarova hamyurtimiz Nigina O'ktamova oldida ojiz qolgandi.
Havola :
Manba : t.me/sportilinet
Fikrlar