13 sen 16:05
Yangiliklar
Boks/MMA

Qozog'istondagi xalqaro turnirda 5ta medalga ega bo'ldik
Qozog'istonning Kazalinsk shahrida yunon-rum kurashi bo'yicha o'smirlar o'rtasida xalqaro turnir bo'lib o'tdi.
Bu haqida O'zbekiston sport kurashlari associaciyasi matbuot xizmati xabar bermoqda. 2001-2002 yillarda tug'ilgan o'smirlar o'rtasida o'tkazilgan ushbu musobaqada O'zbekiston terma jamoasi sportchilari ham ishtirok etishdi.
Hamyurtlarimiz xalqaro turnir yakunida bitta oltin, ikkita kumush va bitta bronza medalini qo'lga kiritishdi.
46 kg vazn toifasida gilamga chiqqan Ergali Ayximbaev barcha raqiblarini mag'lubiyatga uchratib, shoxsupaning eng yuqori pog'onasiga ko'tarildi. Aynan shu vazn toifasida ishtirok etgan Zayniddin Nashirov bronza medali bilan taqdirlandi. Kumush medal Eldor Karimov (46 kg) va Bilol Vahobov (69 kg)ga nasib etdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar