17 mar 20:48
Yangiliklar
Boks/MMA

Qozog'istonlik boks murabbiyi: Yaqin orada biz O'zbekistonni quvib o'tamiz
Boks bo'yicha Qozog'iston terma jamoasi murabbiyi Galim Kenjebaev Iordaniyada o'tkazilgan licenzion musobaqa haqida fikrlarini bildirdi.
-Biz yana umumjamoa hisobida principial raqibimiz O'zbekistonga yutqazdik. Bu achinarlimi?
-Barchasini bitta jang hal qildi. Agar Zakirga jangni berishganida biz birinchi o'rinda bo'lardik. (-63 kg vazn toifasida Elnur Abduraimovga mag'lub bo'lgan Zakir Safiullin nazarda tutilmoqda - Olamsport). Biz bundan fojea yasamoqchi emasmiz, yana ishlashimiz kerak. O'ylaymanki, kelajakda biz O'zbekistonni quvib o'tamiz. CHunki, bizda potencial va yoshlar bor. Boshqa tomondan bu biz uchun motivaciya va hali yana ishlashimiz lozimligini ko'rsatib berdi. Ring biz o'zbeklar bilan yaxshi jang qila olishimizni ko'rsatib berdi", - dedi murabbiy intervyuda.
Havola :
Manba : sports.kz
Fikrlar