30 apr 14:18
Yangiliklar
Boks/MMA

Qozog'istonlik bokschi: "Madrimovga qarshi jang uzoq vaqt yodimda qoladi"
Tailandda o'tkazilgan Osiyo chempionatida oltin medalga sazovor bo'lgan qozog'istonlik bokschi Tursunboy Qulaxmet (-75 kg) musobaqa haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
-Siz uchun Osiyo chempionatidagi eng yodda qolarli jang qaysi bo'ldi?
-Men uchun o'zbek bokschisiga qarshi jang juda qiyin kechdi. (Isroil Madrimov nazarda tutilmoqda). Ushbu jang uzoq vaqt yodimda qoladi.
Fursatdan foydalanib, murabbiylar Galim Kalievich, Mirzagali Kulanovich, Jamil Konsinovichga minnatdorchilik bildiraman. Ular har bir jang uchun meni jangovar kayfiyatda tayyorlashdi. Men g'alaba qozonishni istagandim va Xudoga shukr, bu amalga oshdi.
Eslatib o'tamiz, bokschilar Osiyo chempionatining chorak finalida to'qnash kelgandilar va unda hakamlar qozog'istonlik bokschi g'alaba qozonganini qayd etgandilar.
Havola :
Manba : Sports.kz
Fikrlar