11 fev 13:30
Yangiliklar
Boks/MMA

Qozog'istonlik bokschi WBA chempionlik kamari sohibi bo'ldi
AQSHda navbatdagi professional boks kechasi bo'lib o'tdi.
Oqshomning qiziqarli janglaridan biri engil (53,5 kg) vazn toifasida WBA yo'nalishi chempioni amerikalik Roshi Uorren ishtirokida o'tdi. U shu vaznda vaqtinchalik WBA chempioni Janat Jakiyanovga qarshi ringga ko'tarildi.
O'n ikki raundga mo'ljallangan jang biroz kutilmagan natija bilan yakunlandi. Avvaliga Uorren ikkinchi raundning o'zida ikki bor qozog'istonlik bokschini nokdaun holatiga tushirib qo'ydi.
Lekin Jakiyanov jangni oxirigacha davom ettirdi va yakunda ochkolar hisobiga ko'ra g'alaba qozondi. Hakamlardan ikki nafari 116-110 va 115-111 hisobida g'alabani Janatga berishdi. Uchinchi hakam Uorren 115-111 hisobida zafa quchganini malum qildi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar