14 mar 18:02
Yangiliklar
![](/upload/storage/57409_220.jpg)
"Qozog'istonlik bokschilar o'zbeklardek kuchli emas, ammo..."
-Hozirda qozog'istonlik ko'plab bokschilar professional ringga o'tib ketishmoqda. Ularning qaysi birini alohida ajratib ko'rsatgan bo'lardingiz?
-Afsuski, hozirda rus telekanallarida boks janglari namoyishi kamaygan. SHuningdek, ishim ko'pligi sabab yosh, istiqbolli bokschilarni kuzatib, ularning harakatlarini tahlil qila olmayapman. Qozog'iston boksi albatta juda kuchli. Hozirda, havaskor boksda o'zbek bokschilari oldinda. Ular Kubaning o'rnini egallab olishdi. Avvallari kubaliklar Olimpiya yo'nalishidagi boksda etakchi hisoblanardilar. Hozir esa o'zbeklar bu borada birinchi. Qozog'iston texnik tomonlama kuchli. Balki ular o'zbeklar kabi kuchli va qattiq zarbaga ega emasdirlar, ammo... ertami kechmi, vaziyat o'zgarishi mumkin", - dedi Andrey SHkalikov.
Fikrlar