26 iyu 17:15
Yangiliklar
Tennis

Qozog'istonlik tennis malikasi AQSH poytaxtidagi turnirda 1/2 finalga chiqdi
Dunyoning 12-raketkasi bo'lib turgan Elena Ribakina Vashington shahrida o'tkazilayotgan WTA turniridagi yurishini davom ettirmoqda.
Qozog'istonlik tennischi 1/4 finalda reytingning 24-pog'onasida borayotgan polshalik Magdalena Frenxni ikki setda ham bir xil hisobda mag'lubiyatga uchratdi - 6/3, 6/3. Tennischilarning o'zaro uchrashuvlaridagi hisob yiriklashdi - 3:0.
Sakson daqiqa davom etgan bahsda Ribakina 7, Frenx 2 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Qo'shxatolar polshalikda ko'proq bo'ldi - 5 ga 4. Breyklar bo'yicha mutlaq ustunlik esa g'olib tennischi tomonida bo'ldi - 3 ga 0!
Ribakina bu yilgi mavsumda WTA turnirlarida to'rtinchi bor yarim finalda o'ynaydi. Uning final chiptasi uchun kechadigan uchrashuvdagi raqibasi kanadalik Leyla Fernandes bo'ladi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar