24 sen 12:14
Yangiliklar
Tennis
Qozog'istonlik tennischi Metc turnirida 1/2 finalga chiqdi
Dunyo reytingida 44-pog'onadan joy olgan Aleksandr Bublik Metc shahrida o'tkazilayotgan turnirning yarim final ishtirokchisiga aylandi.
Qozog'istonlik tennischi 121 daqiqa davom etgan chorak final bahsida ATP reytingida 31-o'rinni egallab turgan daniyalik Xolger Runeni 6/3, 5/7, 6/4 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.
Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi edi. Bublik 15 ta eys, 10 ta qo'shxato va 4 ta breyk qayd etgan. Endi u Moselle Open turnirining final chiptasi uchun shveycariyalik Sten Vavrinkaga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar