05 fev 10:31
Yangiliklar
Tennis
Qozog'istonlik tennischi Monpeledagi turnir chempioni bo'ldi
Franciyaning Monpele shahrida tennis bo'yicha ATP 250 toifasiga kiruvchi turnir yakunlandi.
Musobaqa bosh sovrini qozog'istonlik Aleksandr Bublikka nasib etdi. Dunyoning 27-raketkasi bo'lib kelgan Bublik hal qiluvchi final uchrashuvida ATP reytingida o'zidan 10 pog'ona quyida borayotgan xorvatiyalik Borna CHorichni 5:7, 6:2, 6:3 hisoblarida mag'lubiyatga uchratdi.
Ikki soatu 18 daqiqa davom etgan bahsda Aleksandr 19 ta, Borna esa 5 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Bu 26 yoshli Bublik uchun faoliyatidagi to'rtinchi ATP sovrini bo'ldi. Qozog'iston vakili Monpele turnirida 2022 yilda ham chempion bo'lgandi. O'shanda u final bahsida germaniyalik Aleksandr Zverevdan ustun kelgan edi.
Havola :
Fikrlar