22 apr 07:27
Yangiliklar
Qozog'istonlik tennischi Porsche Tennis Grand Prix chempioni + FOTO
Porsche Tennis Grand Prix bosh sovrini Elena Ribakinaga nasib etdi. Qozog'istonlik tennis malikasi hal qiluvchi final uchrashuvida WTA reytingida 27-pog'onada borgan ukrainalik Marta Kostyukni ortiqcha qiyinchiliksiz mag'lubiyatga uchratdi - 6/2, 6/2.
Elena tennischilarning o'zaro uchrashuvlaridagi hisob muvozanatini ham tiklab qo'ydi - 2:2. Bir soatu 11 daqiqa davom etgan bahsda dunyoning to'rtinchi raketkasi bo'lgan Ribakina ham, Marta ham bironta eys zarbasini amalga oshira olmadi. Qo'shxatolar Kostyukda uch barobar ko'proq bo'ldi - 6 ga 2. Breyklar bo'yicha mutlaq ustunlik Elenada - 4 ga 0!
Porsche Tennis Grand Prix turniridagi muvaffaqiyatli ishtirok Ribakinaga 500 reyting ochkosi hamda 123,480 dollar mukofot puli keltirdi. Bu qozoq tennischisining mavsumdagi uchinchi, faoliyatidagi sakkizinchi sovrin bo'ldi.
Elena Ribakina finalga qadar rossiyalik Veronika Kudermetovani 7:6, 1:6, 6:4, italiyalik Jasmin Paolinini 6:3, 5:7, 6:3, dunyoning birinchi raketkasi, polshalik Iga Svyontekni 6:3, 4:6, 6:3 hisoblarida mag'lubiyatga uchratgandi.
Fikrlar