12 mar 07:29
Yangiliklar
Og'ir atletika
Qozon yig'ini yakuniga etdi
Og'ir atletika bo'yicha O'zbekiston terma jamoasining Rossiya Federaciyasi Qozon shahridagi yig'ini o'z yakuniga etdi.
20 fevral kuni boshlangan yig'inda Bahrom Mendiboev boshchiligidagi murabbiylar shtabi polvonlarimizning jismoniy va texnik mahoratlarini oshirish bo'yicha ishlashdi. Koronavirus sabab og'ir atletika bo'yicha o'tkazilishi kerak bo'lgan bir qator musobaqalar ham bekor qilindi.
Ammo, bu jamoamiz vakillarini aslo bo'shashtirmadi. Terma jamoamiz delegaciyasi bugun Toshkentga qaytib keladi. Navbatdagi mashg'ulotlar esa CHirchiq shahrida davom ettiriladi.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar