09 may 13:20
Yangiliklar
Tennis
Qozoq tennischisi joriy mavsum WTA 1000 turnirlaridagi 12-g'alabasini qo'lga kiritdi. Bu Turdagi to'rtinchi natija!
Dunyoning 41-raketkasi bo'lib turgan Yuliya Putinceva Rimda davom etayotgan WTA 1000 turniridagi ishtirokini g'alaba bilan boshladi.
Qozog'istonlik tennis malikasi uchun bu joriy mavsum WTA 1000 toifasiga kiruvchi turnirlardagi 12-g'alaba bo'ldi. Putinceva turnirning ilk davrasida ispaniyalik Martina Trevizanni 6/3, 6/4 hisobida taslim etdi.
Bu Turdagi to'rtinchi natija hisoblanadi. Qozog'istonlik tennischidan oldingi o'rinlarni polshalik Iga Svyontek (21 g'alaba), yana bir qozoq tennischisi Elena Ribakina (15) hamda amerikalik Daniel Kollinz (13) band etgan.
Eslatib o'tamiz, Yuliya Putinceva Mayami va Madrid turnirlarida 1/4, Indian-Uellsda esa 1/8 finalga qadar etib borgandi. Doha va Dubaydagi WTA 1000 turnirlarida esa u kvalifikaciya, yani saralash bosqichidan o'ta olmagan edi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar