13 mar 20:20
Yangiliklar
Boks/MMA

Qudratillo Abduqahhorov aprelda bo'ladigan jangi haqida fikr bildirdi
Avvalroq Qudratillo Abduqahhorovning 13 mart kuni Havier Flores (15-2, 13 KO)ga qarshi bo'ladigan janggi raqibning tibbiy ko'rikdan o'ta olmaganligi bois bekor qilingan edi.
SHundan so'ng bokschimiz kanadalik Kodi Krovli bilan 10 aprelda jang qilishi haqida xabar bergan edi. Biroq puerto-rikolik Xaver Flores qayta ko'rikdan o'tgan va jang belgilangan vaqtda bo'lib o'tadi.
Biz Abduqahhorov bilan bog'lanib aprel oyidagi Krovli bilan to'qnashuvning taqdiri haqida so'radik:
"Flores bilan jang o'tganidan keyin, apreldagi jang haqida yakuniy qarorga kelinadi. Hozircha Krovli bilan bahs to'g'risida aniq biror gap aytolmayman", - dedi bokschimiz.
Eslatib o'tamiz, Qudratillo Abduqahhorov ayni paytda Errol Spensga tegishli bo'lib turgan IBF chempionlik kamari uchun majburiy davogar hisoblanadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar