02 mar 12:26
Yangiliklar
Boks/MMA

Qudratillo Abduqahhorov AQSHga yo'l oldi
Xabaringiz bor, professional bokschimiz Qudratillo Abduqahhorov 30 mart kuni faoliyatidagi navbatdagi jangini o'tkazadi.
O'sha kuni unga yaponiyalik Keita Obara raqiblik qiladi. Bokschimiz ushbu jangga tayyorgarlikning so'nggi bosqichini olib borish maqsadida okeanortiga yo'l oldi. Qudratillo Istanbul orqali Los-Anjelesga yo'l oladi.
30 mart kungi jang (Toshkentda 31 mart tongida) Filadelfiyadagi "2300 Arena"da bo'lib o'tadi.
Malumot uchun, Qudratillo shu kungacha 15 marotaba jang o'tkazib ularning barchasida g'alaba qozongan (9 nokaut). Obara esa prof ringda 24 ta jang o'tkazgan va ularning 20 tasida g'alaba qozongan (18 ta nokaut). 3 marotaba mag'lub bo'lgan (3 ta nokaut). 1 ta jangida esa durang qayd etgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar